Turkiyadagi musobaqada o‘zbekistonlik velosportchi medal qo‘lga kiritdi

© NOKTurkiyadagi musobaqada o‘zbekistonlik velosportchi medal qo‘lga kiritdi
Turkiyadagi musobaqada o‘zbekistonlik velosportchi medal qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Obuna bo‘lish
Murodjon Xolmurodov 2:56:56 vaqt bilan marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Turkiyaning Qayseri shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha “GRAND PRİX ERCİYES” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi yetakchisi Murodjon Xolmurodov bronza medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Ta’kidlanishicha, 106 km masofaga kechgan poygada Murodjon Xolmurodov 2:56:56 vaqt bilan marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Maks Stedman (Buyuk Britaniya) - 2:55:09;
Abay Burak (Turkiya) - 2:56:00;
Murodjon Xolmurodov (O‘zbekiston) - 2:56:56.
Yangiliklar lentasi
0