Sochida kuchli yomg‘ir oqimi 10 taga yaqin avtomobilni oqizib ketdi – video

Obuna bo‘lish
Sochi shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ib o‘nlab avtomobillarni oqizib ketdi. Ikkita mashina odamlari bilan dengizga oqib ketgan.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Krasnodar o‘lkasida yuzaga kelgan noqulay ob-havo natijasida Sochida o‘nga yaqin avtomobilni suv oqimi olib ketdi. Bu haqda Rossiya FVV boshqarmasi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Xosta tumanidagi Ruchey Vidniy ko‘chasidagi sodir bo‘lgan. Bir qancha uylar ham suv ostida qolgan. Kiparisov ko‘chasidagi 9/1-uyning o‘n nafar aholisi vaqtinchalik joylashtirish markaziga ko‘chiriladi.
Bundan tashqari, Kiparisov ko‘chasi, 1-uy bo‘ylab to‘rt qavatli uyning birinchi qavatini, Shosseinaya ko‘chasi, 5-uyning yerto‘lasini suv bosgan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q. Dengizga oqib ketgan mashinalar qidirilmoqda. Hozir tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0