Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Soat 15:00 holatiga 60,74 foiz saylovchi ovoz berdi

© Sputnik / Vladimir AlekseyevDosrochnoe golosovanie na viborax prezidenta Uzbekistana v posolstve Uzbekistana v Moskve.
Dosrochnoe golosovanie na viborax prezidenta Uzbekistana v posolstve Uzbekistana v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Obuna bo‘lish
Uchastkalar ochilganidan beri 11 mln 705 ming 357 nafar ovoz beruvchi saylovda ishtirok etdi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Bugun soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha 60,74 foiz ovoz beruvchi prezident saylovida ishtirok etdi. Bu haqda MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ma’lum qildi.
© SputnikSoat 15:00 da ovoz berganlar soni
Golosovanie 15:00 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Soat 15:00 da ovoz berganlar soni
Uchastkalar ochilganidan beri 11 mln 705 ming 357 nafar ovoz beruvchi saylovda ishtirok etdi.

"Hozirda Vladivostok, Tokio, Seul, Guanchjou shaharlaridagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yakunlandi. U yerda bullenetlarni sanash jarayonlari boshlandi, deydi u.

O‘zbekiston bo‘yicha soat 08:00dan soat 15:00 gacha ovoz berganlar soni

Hududlar

Ovoz berganlar soni

Foiz

Qoraqalpog‘iston respublikasi

609 637 nafar

62,02

Andijon viloyati

1 134 863 nafar

67,36

Buxoro viloyati

611 003 nafar

57,02

Jizzax viloyati

524 886 nafar

66,25

Navoiy viloyati

352 064 nafar

55,23

Namangan viloyati

962 625 nafar

61,01

Samarqand viloyati

1 272 278 nafar

60,75

Sirdaryo viloyati

290 945 nafar

59,39

Surxondaryo viloyati

799 047 nafar

56,44

Toshkent viloyati

1 153 258 nafar

63,71

Farg‘ona viloyati

1 467 600 nafar

66,52

Xorazm viloyati

591 450 nafar

58,65

Qashqadaryo viloyati

1 108 946 nafar

59,94

Toshkent shahri

826 758 nafar

50,15

Eslatib o‘tamiz, bugun, 9-iyul kuni, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda prezidentlikka 4ta partiyadan quyidagi nomzodlar ishtirok etmoqda: Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan 7-iyulga qadar davom etdi.
Saylovda ovoz berish uchun O‘zbekiston bo‘yicha jami 10784 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ularning faoliyatini 266 nafar saylov komissiyasi a’zosi nazorat qilib boradi.
Bundan tashqari ayni damda xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun dunyoning 39ta davlatida 56 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
Rossiyaning 7 ta shahrida saylov uchastkalari tuzilgan. Ular O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Vladivostokdagi bosh konsulxonalarida tashkil etilgan.
O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 28-iyundan 5-iyulga qadar bo‘lib o‘tdi. Unda saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 376 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.
O‘zbekiston prezidenti saylovini yuzlab xorijlik kuzatuvchilar va mingdan ortiq jurnalistlar kuzatib bormoqda. Xususan, xorijiy davlatlar va nufuzli tashkilotlardan kelgan 797 nafar kuzatuvchi va 1400 nafar mahalliy va xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
Saylov bulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan, muayan okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda chop etilgan. Shuningdek ko‘zi ojizlar uchun Brayl alifbosida tayyorlangan maxsus trafaretlar har bir saylov uchastkasiga yetkazib beriladi.
O‘zbekistonda Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga (SAER) jami 19 mln 593 ming 838 nafar fuqaro kiritildi. Shulardan 47 foizini erkaklar, 53 foizini ayollar tashkil etadi. 30,1 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat. Xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatidan jami 323 ming 626 nafar saylovchi joy oldi.
Yangiliklar lentasi
0