Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Soat 11:00 holatiga 33,54 foiz saylovchi ovoz berdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishDosrochnie vibori prezidenta Uzbekistana v Kazani
Dosrochnie vibori prezidenta Uzbekistana v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Obuna bo‘lish
Uchastkalar ochilganidan beri 6 mln 463 874 nafar saylovchi o‘z ovozini berib bo‘ldi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Bugun soat 11:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha 33,54 foiz ovoz beruvchi prezident saylovida ishtirok etdi. Bu haqda MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ma’lum qildi.
Uchastkalar ochilganidan beri 6 mln 463 ming 874 nafar ovoz beruvchi saylovda ishtirok etdi. Saylov qonunchiligiga ko‘ra, saylovda 33 foizdan ortiq fuqarolar ishtirok etgan bo‘lsa, saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi.
O‘zbekiston bo‘yicha soat 08:00dan soat 11:00 gacha ovoz berganlar soni

Hududlar

Ovoz berganlar soni

Foiz

Qoraqalpog‘iston respublikasi

319 570 nafar

32,51

Andijon viloyati

663 290 nafar

39,37

Buxoro viloyati

359 823 nafar

33,58

Jizzax viloyati

310 850 nafar

39,23

Navoiy viloyati

245 386 nafar

38,50

Namangan viloyati

518 146 nafar

32, 84

Samarqand viloyati

718 580 nafar

33, 22

Sirdaryo viloyati

187 079 nafar

38, 19

Surxondaryo viloyati

460 217 nafar

32, 51

Toshkent viloyati

521 414 nafar

28, 80

Farg‘ona viloyati

793 244 nafar

35,96

Xorazm viloyati

372 833 nafar

36,97

Qashqadaryo viloyati

562 357 nafar

30,40

Toshkent shahri

433 085 nafar

26,27

Eslatib o‘tamiz, bugun, 9-iyul kuni, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda prezidentlikka 4ta partiyadan quyidagi nomzodlar ishtirok etmoqda: Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan 7-iyulga qadar davom etdi.
Saylovda ovoz berish uchun O‘zbekiston bo‘yicha jami 10784 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.Ularning faoliyatini 266 nafar saylov komissiyasi a’zosi nazorat qilib boradi.
Bundan tashqari ayni damda xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun dunyoning 39ta davlatida 56 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
Rossiyaning 7 ta shahrida saylov uchastkalari tuzilgan. Ular O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Vladivostokdagi bosh konsulxonalarida tashkil etilgan.
O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 28-iyundan 5-iyulga qadar bo‘lib o‘tdi. Unda saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 376 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.
O‘zbekiston prezidenti saylovini yuzlab xorijlik kuzatuvchilar va mingdan ortiq jurnalistlar kuzatib bormoqda. Xususan, xorijiy davlatlar va nufuzli tashkilotlardan kelgan 797 nafar kuzatuvchi va 1400 nafar mahalliy va xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
Saylov bulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan, muayan okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda chop etilgan. Shuningdek ko‘zi ojizlar uchun Brayl alifbosida tayyorlangan maxsus trafaretlar har bir saylov uchastkasiga yetkazib beriladi.
O‘zbekistonda Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga (SAER) jami 19 mln 593 ming 838 nafar fuqaro kiritildi. Shulardan 47 foizini erkaklar, 53 foizini ayollar tashkil etadi. 30,1 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat. Xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatidan jami 323 ming 626 nafar saylovchi joy oldi.
Yangiliklar lentasi
0