Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Saudiya Arabistonida o‘zbekistonlik haj ziyoratchilari ovoz bermoqda — foto

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaSaudiya Arabistonida o‘zbekistonlik haj ziyoratchilari ovoz bermoqda
Saudiya Arabistonida o‘zbekistonlik haj ziyoratchilari ovoz bermoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari Makka shahridagi “Roshidiya” mehmonxonasi foyesida tashkil etilgan saylov uchastkasida ovoz bermoqda.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Saudiya Arabistonida haj safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari Makka shahridagi “Roshidiya” mehmonxonasi foyesida tashkil etilgan saylov uchastkasidaovoz bermoqda. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaPalomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii
Palomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Palomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii
“Ular O‘zbekiston prezidenti saylovida qatnashib, munosib nomzodga ovoz bermoqda”, - deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning Jidda shahrida joylashgan Bosh konsulxonasidagi 39-uchastka saylov komissiyasi tomonidan ziyoratchilar uchun ushbu mehmonxonada ovoz berish punkti tashkil etilgan.
© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaPalomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii
Palomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Palomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii
Ziyoratchilar uchun saylov bulletenlari keltirilib, yashirin ovoz berish uchun kabinalar hozirlangan. Prezidentlikka nomzodlarning tarjimai hollari saylovchilar uchun ko‘rinadigan joyga ilib chiqilgan.
© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaPalomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii
Palomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Palomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii
Qayd etilishicha, yoshi ulug‘ kishilar, bemorlar va harakatlanishga qiynaladigan ziyoratchilar uchun ham ularning xonalarida ovoz berish imkoniyatlari yaratilgan.
© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaPalomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii
Palomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Palomniki iz Uzbekistana golosuyut v Saudovskoy Aravii
Eslatib o‘tamiz, bugun, 9-iyul kuni, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda prezidentlikka 4 ta partiyadan quyidagi nomzodlar ishtirok etmoqda: Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan 7-iyulga qadar davom etdi.
Saylovda ovoz berish uchun O‘zbekiston bo‘yicha jami 10 784 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ular 14 ta saylov okrugiga biriktirildi. Ularning faoliyatini 266 nafar saylov komissiyasi a’zosi nazorat qilib boradi.
Bundan tashqari ayni damda xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun dunyoning 39 ta davlatida 56 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
Rossiyaning 7 ta shahrida saylov uchastkalari tuzilgan. Ular O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Vladivostokdagi bosh konsulxonalarida tashkil etilgan.
O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 28-iyundan 5 iyulga qadar bo‘lib o‘tdi. Unda saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 376 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.
O‘zbekiston prezidenti saylovini yuzlab xorijlik kuzatuvchilar va mingdan ortiq jurnalistlar kuzatib bormoqda. Xususan, xorijiy davlatlar va nufuzli tashkilotlardan kelgan 797 nafar kuzatuvchi va 1400 nafar mahalliy va xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
Saylov bulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan, muayan okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda chop etilgan. Shuningdek ko‘zi ojizlar uchun Brayl alifbosida tayyorlangan maxsus trafaretlar har bir saylov uchastkasiga yetkazib beriladi.
O‘zbekistonda Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga (SAER) jami 19 mln 593 ming 838 nafar fuqaro kiritildi. Shulardan 47 foizini erkaklar, 53 foizini ayollar tashkil etadi. 30,1 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat. Xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatidan jami 323 ming 626 nafar saylovchi joy oldi.
Yangiliklar lentasi
0