Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Prezident saylovi bo‘yicha dastlabki natijalar qachon e’lon qilinadi — MSK javobi

© Sputnik / Vladimir AlekseyevDosrochnoe golosovanie na viborax prezidenta Uzbekistana v posolstve Uzbekistana v Moskve.
Dosrochnoe golosovanie na viborax prezidenta Uzbekistana v posolstve Uzbekistana v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Obuna bo‘lish
Prezident saylovining umumiy natijalarini aniqlash va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay ma’lum qilinadi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Prezident saylovi bo‘yicha dastlabki natijalar 10-iyul kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Saylov qonunchiligiga ko‘ra, prezident saylovining umumiy natijalarini aniqlash va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay ( 19-iyul) ma’lum qilinadi.
Saylov kodeksining 97-moddasiga ko‘ra, prezident saylovi yakunlariga ko‘ra MSKning qarori saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi, MSKning rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi).
Bugun MSKning Xalqaro matbuot markazida MSK raisi va uning o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud vakillari ishtirokida brifinglar bo‘lib o‘tdi.
MSK raisi o‘rinbosari prezident saylovida ovoz beruvchilar ishtirokining 11:00, 15:00 va 17:00 holati to‘g‘risidagi axborotlarni ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MDH Kuzatuvchilari missiyasi xulosalari saylovning ertasiga, 10-iyul kuni e’lon qilinishi aytilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0