Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kuzatuvchilar saylov haqida nima dedi — MSK

© SIK UzbekistanaXXR TIV elchisi Van Kayven
XXR TIV elchisi Van Kayven - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekistonda saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rilganini va yoshlar faol ishtirokini ijobiy baholashdi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. MSKda O‘zbekiston prezidenti saylovi jarayonlarini kuzatib borish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan kuzatuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ular qatorida Xitoy Xalq Respublikasi TIV elchisi Van Kayven, Rossiya Federatsiyasi MSK raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev, Turkmaniston MSK raisi Gulmurad Muradov, Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min boshchiligida delegatsiyalar tashrif buyurishdi.
Xitoy Xalq Respublikasi TIV elchisi Van Kayven:
- Bugun kun davomida 7 ta saylov uchastkasida bo‘ldik. Saylovchilar bilan, saylov komissiyasi a’zolari bilan suhbatlashdik. Ishonch bilan ayta olamanki, ushbu saylov jarayonlariga Markaziy saylov komissiyasi yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rgan. Qisqa muddat ichida ushbu yirik siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish uchun MSK juda qattiq mehnat qilganligi ko‘rinib turibdi. Saylovchilarning kayfiyati yuqori darajada. Ular juda ham faol. Ayniqsa yoshlarning saylov uchastkalarida faol ekanliklariga guvoh bo‘ldik.
Rossiya Federatsiyasi MSK raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev:
© SIK UzbekistanaNikolay Bulayev
Mejdunarodnie nablyudateli na viborax prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Nikolay Bulayev
- O‘zbekistonda o‘tkazilgan bir necha saylov kampaniyalarni kuzatib borganmiz. Bu safargi saylovda fuqarolarning saylovdagi ishtiroki yuqori ekanligini ta’kidlamoqchiman. Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini xalqaro standartlarga ko‘ra yuqori saviyada amalga oshirdi. Saylovchilar uchun erkin ovoz berish imkoniyati yaratilgan. Nogironligi bor shaxslarga ham biz tashrif buyurgan uchastkalarda barcha imkoniyatlar mavjud edi. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati esa saylov jarayonlarining yanada shaffof va adolatli o‘tishiga yordam beradi. Markaziy saylov komissiyasi barcha darajadagi komissiya a’zolarini sifatli tarzda o‘qitganligi Samarqanddagi uchrashuvlarimizda ayon bo‘ldi. Ular saylov qonunchiligi talablaridan xabardor va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshmoqda.
Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min:
© SIK UzbekistanaChjan Min
Mejdunarodnie nablyudateli na viborax prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Chjan Min
- Bizning kuzatuvchilik faoliyatimiz bir necha kun oldin boshlandi. Biz ertalab saylov uchastkalarining ochilishida ishtirok etdik. Barchasi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilganligiga guvoh bo‘ldik. Missiyamiz 6 guruhga bo‘lingan holda bir necha o‘nlab saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlarini kuzatdik. Shaxsan o‘zim saylov uchastkalariga ota-onalar o‘zlari bilan hali saylov yoshiga yetmagan farzandlarini olib kelganidan xursand bo‘ldim. Chunki bolalarning saylov uchastkasiga kelib, ovoz berish tartibidan, saylov jarayonlaridan xabardor bo‘lishga intilishlari quvonarli holat. Saylovchilarning saylovdagi faol ishtiroki Markaziy saylov komissiyasining saylov jarayonlari to‘g‘risida aholini xabardor qilishda keng miqyosda ishlar olib borganligidan dalolat beradi.
Kuzatuvchilar saylov jarayonlariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq yuqori saviyada tayorgarlik ko‘rilganligi, saylov komissiyalari o‘z faoliyatini saylov qonunchiligiga ko‘ra amalga oshirayotganligini alohida etirof etdi. Saylov ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o‘tayotganligi, saylovchilarning faolligi ta’kidlab o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0