Kishinyov aeroportida qalbaki "VNJ" bo‘lgan o‘zbekistonlik aniqlandi

© Sputnik / © Sputnik / Miroslav RotarAeroport Kishineva. Arxivnoe foto
Aeroport Kishineva. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Moldova Chegara politsiyasi Kishinyov xalqaro aeroportida ikki chet el fuqarosi aniqlangani, ulardan birida yashash uchun soxta guvohnomasi borligi, ikkinchisi esa noqonuniy ravishda qurol olib chiqmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi.

Birinchi holatda gap 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi haqida ketmoqda. Chet ellik fuqaro mamlakatga do‘stini ko‘rish uchun kelganini ma’lum qildi. Tekshiruvlardan so‘ng chegarachilar go‘yoki Ukraina hukumati tomonidan berilgan yashash uchun ruxsatnomani aniqladilar. Dastlabki tergov jarayonida hujjatlarda O‘zbekiston fuqarosining Moldova Respublikasiga kirishini rad etish uchun asos bo‘lgan qalbakilashtirish belgilari borligi aniqlandi, — deyilgan Chegara politsiyasi saytida.

Antaliyaga uchib ketayotgan 33 yoshli Ukraina fuqarosidan zaradlovchi moslamasi bo‘lgan to‘pponcha va ikkita SO2 balloni topilgan.
Qurollar olib qo‘yilib, IIV Jinoyat-texnik va sud-tibbiy ekspertiza markaziga yuboriladi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra jinoyatning huquqiy kvalifikatsiyasi tuziladi, yo‘lovchi esa javobgarlikka tortiladi, — deyiladi Chegara xizmati xabarida.
30 iyun kuni Kishinyov aeroportida otishma sodir bo‘ldi. Yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi, parvozlar vaqtincha qoldirildi. Otishma sodir etgan shaxs mamlakatga kiritilmagan Tojikiston fuqarosi bo‘lgan. U chegarachi va aeroport xavfsizlik xodimining joniga qasd qilgan. Tojikiston prokuraturasining xabar berishicha, otishma sodir etgan shaxs odam o‘g‘irlagani uchun qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli Rustam Ashurov bo‘lgan. Qo‘lga olinish jarayonida jinoyatchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Moldova Bosh vaziri Dorin Rechan Kishinyov aeroportida xavfsizlik choralarini kuchaytirishga da’vat qildi. Chegara xizmati rahbari Rosian Vasiloy xabariga ko‘ra, Chegara politsiyasi xodimlari zamonaviy texnika va qurollardan foydalangan holda terrorchilik tahdidiga qarshi kurashishga o‘rgatiladi.
Yangiliklar lentasi
0