AQSh prezidentligiga nomzod Zelenskiyni bir so‘z bilan yerga urdi

© AP Photo / AP Photo / Alex BrandonAQSh prezidentligiga nomzod Vivek Ramasvami. Arxiv surat
AQSh prezidentligiga nomzod Vivek Ramasvami. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Obuna bo‘lish
AQSh prezidentligiga nomzod Ramasvami Ukraina rahbari Zelenskiyni kalamushlarni qiruvchisi deb atadi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. AQSh prezidentligiga nomzod Vivek Ramasvami o‘zining Twitter’ida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni kalamush qiruvchisi deb atadi va Kiyev G‘arbni yadro urushi yoqasiga qo‘yayotganini qo‘shimcha qildi.
Bizni yadro urushi yoqasiga qo‘yishni bas qiling. <…> Agar men prezident bo‘lsam, davlat rahbariga aylangan demokratiyaga qarshi masxarabozning zo‘ravonligiga toqat qilmayman. G‘arb har kuni bu kalamush qiruvchisining qo‘lidan qanday yeyayotgani men uchun haqiqatan ham jumboq. “Gamelin kalamush qiluvchisi” xalq ertagi - tahr.), - deb yozgan.
Ramasvami AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Ukrainaning NATOga kirishini qat’iyan rad etishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
2022 yil sentabr oyi oxirida Zelenskiy Ukraina tezlashtirilgan asosda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berayotganini ma’lum qildi. AQSh Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan bunday tartibni bevaqt, deb atadi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg blokning “ochiq eshiklar siyosati” bo‘yicha pozitsiyasini takrorladi, biroq alyans o‘z sa’y-harakatlarini Kiyevga harbiy yordam berishga qaratishini ta’kidladi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina NATOning Vilnyusdagi sammitining alyansga qo‘shilish taklifidan tashqari boshqa hech qanday qarori bilan qanoatlanmaydi.
Yangiliklar lentasi
0