AQSh moliya vaziri Xitoyda “kechirilmas xato”ga yo‘l qo‘ydi

© AP Photo / AP Photo / Pedro Pardo/PoolMinistr finansov SShA Djanet Yellen i vitse-premyer Kitaya Xe Lifenu vo vremya ix vstrechi v Pekine
Ministr finansov SShA Djanet Yellen i vitse-premyer Kitaya Xe Lifenu vo vremya ix vstrechi v Pekine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Obuna bo‘lish
AQSh moliya vaziri Janet Yellen Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen bilan uchrashuvda diplomatik odob-axloq qoidalarini buzdi — The New York Post
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. AQSh moliya vaziri Janet Yellen Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen bilan uchrashuvda diplomatik odob-axloq qoidalarini buzgani uchun AQShda qattiq tanqid qilindi. Bu haqda "The New York Post" xabar berdi.
Xususan, Yellen xitoylik amaldor bilan qo‘l berib ko‘rishganda juda faol va tez-tez ta’zim qildi.

"Hech qachon, hech qachon, hech qachon. Amerika amaldori ta’zim qilmaydi, — deb izohladi sobiq prezident Jorj Bush ma’muriyatida ishlagan sobiq Oq uy rasmiysi Bredli Bleykman".

"New York Post" mutaxassislari Xe Lifen Yellenning harakatlariga javob qaytarmaganiga e’tibor qaratdilar va bu “hodisani” Amerika zaifligi belgisi deb hisoblashdi.
Nyu-York universitetining faxriy professori va Xitoy huquqi bo‘yicha mutaxassis Jerom A. Koen ham ta’zim qilish protokol normalariga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, 76 yoshli Yellen Xe Lifen ismini aytayotganida xatoga yo‘l qo‘yib, uni “Bosh vazir o‘rinbosari Xu” deb atadi.
Yellen 6-9 iyul kunlari Xitoyda tashrif bilan bo‘ldi. Uning aytishicha, mazkur safar amerikaliklar milliy xavfsizlik choralarini ko‘rishida tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun Vashington va Pekin o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash imkoniyatidir.
Yangiliklar lentasi
0