https://oz.sputniknews.uz/20230708/prezident-saylovi-tashkil-etish-muammo-rossiya-msk-36651576.html
O‘zbekistonda prezident saylovini tashkil etishda hech qanday muammo aniqlanmadi — Rossiya MSK
O‘zbekistonda prezident saylovini tashkil etishda hech qanday muammo aniqlanmadi — Rossiya MSK
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya MSK raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev prezident saylovini tashkil etishda hech qanday muammo ko‘rmaganini ma’lum qildi.
2023-07-08T14:17+0500
2023-07-08T14:17+0500
2023-07-08T14:17+0500
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
o‘zbekistonda prezident saylovi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/08/36651963_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_6ab23bf523845f589673a83e34d2ae2c.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Rossiya MSK O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarini tashkil etish bilan bog‘liq hech qanday muammoni aniqlamadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Nikolay Bulayevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Markaziy saylov komissiyasi vakillari kuzatuv davomida 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini tashkil etishda hech qanday muammo ko‘rmadi.Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston saylov tizimi texnik jihozlanishi va saylovchilarning elektron ro‘yxatidan foydalanish bo‘yicha yuqori darajada. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekiston bo‘yicha 10 784 ta saylov uchastkasi tuzilgan. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida esa 56 ta saylov uchastkasi o‘z faoliyatini olib boradi.O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatish uchun chet el davlatlari va nufuzli xalqaro tashkilotlardan 785 nafar kuzatuvchilar tashrif buyuradi. Undan tashqari saylovni yoritish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan mahalliy va xorijiy jurnalistlar va OAV vakillari umumiy soni 1 299 nafarni tashkil etmoqda. Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/08/36651963_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_21167ec971004d864f256abd0d0fcb9e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekiston markaziy saylov komissiyasi prezident saylovi
rossiya o‘zbekiston markaziy saylov komissiyasi prezident saylovi
O‘zbekistonda prezident saylovini tashkil etishda hech qanday muammo aniqlanmadi — Rossiya MSK
Rossiya MSK raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev prezident saylovini tashkil etishda hech qanday muammo ko‘rmaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Rossiya MSK O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarini tashkil etish bilan bog‘liq hech qanday muammoni aniqlamadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Nikolay Bulayevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Markaziy saylov komissiyasi vakillari kuzatuv davomida 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini tashkil etishda hech qanday muammo ko‘rmadi.
“Biz saylovchilarning xulq-atvoriga, ovoz berishiga ta’sir qiladigan xususiyatga ega bo‘lgan muammolarni ko‘rmadik”, — dedi Bulayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston saylov tizimi texnik jihozlanishi va saylovchilarning elektron ro‘yxatidan foydalanish bo‘yicha yuqori darajada.
“Bugun O‘zbekiston saylov tizimi texnik jihozlash, saylovchilarning elektron ro‘yxatidan foydalanish borasida katta qadam tashladi. Ko‘p ishlar qilindi, biz kecha bo‘lgan va bugun tushdan keyin borishni rejalashtirgan saylov uchastkalarida ertaga saylov uyushqoqlik bilan o‘tishining tasdig‘ini ko‘ramiz, deb o‘ylayman”, — dedi Bulayev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga
belgilangan. O‘zbekiston bo‘yicha 10 784 ta saylov uchastkasi
tuzilgan. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida esa 56 ta saylov uchastkasi o‘z faoliyatini olib
boradi.O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatish uchun chet el davlatlari va nufuzli xalqaro tashkilotlardan 785 nafar kuzatuvchilar tashrif buyuradi. Undan tashqari saylovni yoritish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan mahalliy va xorijiy jurnalistlar va OAV vakillari umumiy soni 1 299 nafarni tashkil etmoqda.
Prezidentlikka Ekopartiyadan
Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan
Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan
Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari
Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan
boshlangan.