https://oz.sputniknews.uz/20230708/ozbekiston-mavsum-ilk-paxta-ochildi-36647472.html
Paxta mavsumi: O‘zbekistonda ilk paxta ochildi
Paxta mavsumi: O‘zbekistonda ilk paxta ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Paxta Surxondaryodagi "Abdumo‘min Jo‘rayev” fermer xo‘jaligida ochilgan.
2023-07-08T09:30+0500
2023-07-08T09:30+0500
2023-07-08T09:30+0500
jamiyat
o‘zbekiston
surxondaryo
paxta
qishloq xo‘jaligi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36637009_0:12:3072:1740_1920x0_80_0_0_49b752da688c83a5ced8f98946a96a5f.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda bu mavsumdagi ilk paxta ochildi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.Qayd etilishicha, Surxondaryoda xizmat safarida bo‘lib turgan ijodiy guruh ilk ochilgan paxta voqeasining guvohi bo‘ldi.Paxta Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Abdumo‘min Jo‘rayev” fermer xo‘jaligida ochilgan. Aytilishicha, g‘o‘zalarning qaddi tikligi, har birida 15-20 tadan ko‘sak mavjudligi yuqori hosildan darak berayotganini anglatadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekistonda 200 ming gektar paxta-g‘alla maydonlari qisqarib aholiga berilganini ma’lum qilgan edi. O‘tgan yili O‘zbekistonda 10-oktabrgacha birinchi paxta terimi to‘liq yakunlanib, ikkinchi terimga o‘tilgan edi. Unda viloyatlar va Qoraqalpog‘iston respublikasi bo‘yicha 21 379 ta terim otradi shakllantirilgan. Ularga 1 959 702 nafar terimchi biriktirilgan.Mamlakatda qo‘lda terilgan har kilogramm paxta xomashosi uchun to‘lanadigan pul miqdori o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 2500 — 3000 so‘m atrofida oshgan.
https://oz.sputniknews.uz/20220922/maxsus-reportaj-paxtani-qolda-terish-osonmi---video-28462378.html
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36637009_0:114:2367:1889_1920x0_80_0_0_369a67b6562c66af40254f680f24cc66.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
"abdumo‘min jo‘rayev” fermer xo‘jaligi paxta nav o‘zbekiston surxondaryo qishloq xo‘jaligi vazirligi
"abdumo‘min jo‘rayev” fermer xo‘jaligi paxta nav o‘zbekiston surxondaryo qishloq xo‘jaligi vazirligi
Paxta mavsumi: O‘zbekistonda ilk paxta ochildi
Paxta Surxondaryodagi "Abdumo‘min Jo‘rayev” fermer xo‘jaligida ochilgan.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda bu mavsumdagi ilk paxta ochildi, deya xabar berdi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Qayd etilishicha, Surxondaryoda xizmat safarida bo‘lib turgan ijodiy guruh ilk ochilgan paxta voqeasining guvohi bo‘ldi.
Paxta Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Abdumo‘min Jo‘rayev” fermer xo‘jaligida ochilgan. Aytilishicha, g‘o‘zalarning qaddi tikligi, har birida 15-20 tadan ko‘sak mavjudligi yuqori hosildan darak berayotganini anglatadi.
“2023-yil mavsumida paxtaning “Sulton” elita navini ekkanmiz. Ekish ishlarini 19-mart kuni boshladik, o‘z vaqtida sug‘orib, agrotexnik tadbirlarini amalga oshirdik. Mana, natijasini ko‘rib turibsiz. Paxtaning barvaqt pishishi yig‘im-terim ishlarini erta boshlash va sifatli hamda mo‘l hosil olish imkonini beradi”, - deydi fermer Abdumo‘min Jo‘rayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekistonda 200 ming gektar paxta-g‘alla maydonlari qisqarib aholiga berilganini ma’lum
qilgan edi. O‘tgan yili O‘zbekistonda 10-oktabrgacha birinchi paxta terimi to‘liq yakunlanib, ikkinchi terimga o‘tilgan edi. Unda viloyatlar va Qoraqalpog‘iston respublikasi bo‘yicha 21 379 ta terim otradi shakllantirilgan. Ularga 1 959 702 nafar terimchi
biriktirilgan.Mamlakatda qo‘lda terilgan har kilogramm paxta xomashosi uchun to‘lanadigan pul miqdori o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 2500 — 3000 so‘m atrofida
oshgan.