https://oz.sputniknews.uz/20230708/mdh-saylov-organlari-rahbarlarining-maslahat-kengashi-36649887.html
MDH saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi o‘z faoliyatini boshladi — video
MDH saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi o‘z faoliyatini boshladi — video
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlari maslahat kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
2023-07-08T12:01+0500
2023-07-08T12:01+0500
2023-07-08T12:12+0500
siyosat
o‘zbekiston
mdh
markaziy saylov komissiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/08/36650319_0:51:958:590_1920x0_80_0_0_a4ec22c82e63f61a92d92fbb10d5d7dc.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Bugun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH ) mamlakatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi bosh kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Toshkentda MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlari maslahat kengashining birinchi majlisi ochildi.MDH Bosh kotibining eslatishicha, kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2022-yil 14-oktabr kuni Ostona shahrida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida qabul qilingan. O‘zbekiston bir yil davomida qo‘mitaning birinchi raisligini o‘z zimmasiga oldi.O‘z navbatida, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rahbari Zaynidin Nizomxo‘jayev maslahat kengashi Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning saylov organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashini ta’kidladi.MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi a’zolari tarkibiga Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston Markaziy saylov komissiyalari rahbarlari kirdi. Ayni vaqtda Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmaniston kengashni tashkil etish bo‘yicha hujjatlar imzolagani yo‘q.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/08/36650319_53:0:906:640_1920x0_80_0_0_4876f36562418d964a2cd1b50a226742.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh mamlakatlari saylov organlari rahbarlari maslahat kengashi toshkent
mdh mamlakatlari saylov organlari rahbarlari maslahat kengashi toshkent
MDH saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi o‘z faoliyatini boshladi — video
12:01 08.07.2023 (yangilandi: 12:12 08.07.2023) Toshkentda MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlari maslahat kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Bugun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH ) mamlakatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi bosh kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Toshkentda MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlari maslahat kengashining birinchi majlisi ochildi.
"Bugun Toshkentda MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlari maslahat kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, uning tashabbuskori O‘zbekiston hisoblanadi. Kun tartibiga kengash faoliyatini boshlash bo‘yicha tashkiliy masalalar kiritilgan", - dedi Lebedev.
MDH Bosh kotibining eslatishicha, kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2022-yil 14-oktabr kuni Ostona shahrida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida qabul qilingan. O‘zbekiston bir yil davomida qo‘mitaning birinchi raisligini o‘z zimmasiga oldi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rahbari Zaynidin Nizomxo‘jayev maslahat kengashi Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning saylov organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashini ta’kidladi.
“Maslahat kengashi bizga yangi platformalar yaratish va saylov sohasidagi hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochish imkonini beradi”, — deya qo‘shimcha qildi Nizomxo‘jayev.
MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi a’zolari tarkibiga Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston Markaziy saylov komissiyalari rahbarlari kirdi. Ayni vaqtda Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmaniston kengashni tashkil etish bo‘yicha hujjatlar imzolagani yo‘q.