Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Safoyev prezident saylovida qaysi davlat kuzatuvchilari bergan baho muhim ekanligini aytdi

© MPA SNGOliy Majlis Senatida MDH PPA kuzatuvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Oliy Majlis Senatida MDH PPA kuzatuvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2023
Obuna bo‘lish
MDH PPA kuzatuvchilari Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan uchrashishdi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. MDH Parlamentlararo assambleyasining (MDH PA) aniq, tasdiqlangan baholari biz uchun juda muhim. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma’lum qildi, deb yozmoqda MDH PA.
MDH PA kuzatuvchilari Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan uchrashishdi. Unda respublikadagi siyosiy islohotlar muhokama qilindi.
© MPA SNGOliy Majlis Senatida MDH PPA kuzatuvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Nablyudateli ot MPA SNG obsudili v Senate Uzbekistana politicheskie reformi v respublike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2023
Oliy Majlis Senatida MDH PPA kuzatuvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Sodiq Safoyev o‘z so‘zida targ‘ibot-tashviqot ishlari juda qizg‘in kechayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, O‘zbekistonda saylov jarayonlari yangi bosqichga ko‘tarilgan.

“MDH PAdagi hamkasblarimizning aniq, tasdiqlangan baholari biz uchun juda muhim”, dedi Sodiq Safoyev.

Sodiq Safoyev, shuningdek, Hamdo‘stlik makonida parlamentlararo hamkorlik muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Aytilishicha, bugungi murakkab sharoitda o‘z pozitsiyalarimizni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish juda muhim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MDH PA xalqaro kuzatuvchilar guruhi muddatidan ilgari prezidentlik saylovlarini kuzatish uchun O‘zbekistonga kelgani ma’lum qilingan edi.
O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekiston prezidenti saylovida respublika bo‘yicha jami 14 ta saylov okrugi tashkil etilib, ularga 10784 ta saylov uchastkalari biriktirilgan.
O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatish uchun chet el davlatlari va nufuzli xalqaro tashkilotlardan 785 nafar kuzatuvchilar tashrif buyuradi. Undan tashqari saylovni yoritish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan mahalliy va xorijiy jurnalistlar va OAV vakillari umumiy soni 1 299 nafarni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0