Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Itlar prezident saylovi o‘tkaziladigan uchastkalarni qanday tekshirmoqda — video

© Pexels/Adam KontorOvcharka
Ovcharka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2023
Obuna bo‘lish
To‘rt oyoqli "mutaxassislar" ishtirokida mamlakatdagi barcha uchastkalar ko‘zdan kechiriladi. Ular saylovchilar xavfsizligini ta’minlashga qanday yordam berishi haqida video orqali tanishing.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Alfa ovcharkasi prezident saylovi o‘tkaziladigan uchastkalarni ko‘zdan kechirmoqda. Shu tariqa, saylov uchastkalarida muddatidan ilgari prezident saylovini o‘tkazishga hozirlik ko‘riladi.
Saylov uchastkalari ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmatining kinologlari tomonidan ko‘zdan kechiriladi. Ularga Alfa ovcharkasi yordam beradi. Shunday qilib, to‘rt oyoqli "mutaxassislar" ishtirokida mamlakatdagi barcha uchastkalar tekshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekiston bo‘yicha 10 784 ta saylov uchastkasi tuzilgan. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida esa 56 ta saylov uchastkasi o‘z faoliyatini olib boradi.
Saylov uchastkalari o‘z ishini soat 08:00 dan 20:00 ga qadar olib boradi.
Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
Dosrochnie vibori prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda o‘tadigan prezident saylovi haqida siz berishga uyalayotgan savollar — MSK javobi
Yangiliklar lentasi
0