Sun’iy qon va baxtsiz hodisalar — filmlardagi maxsus effektlar qanday yaratiladi?
22:03 08.07.2023 (yangilandi: 07:55 09.07.2023)
© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSyomki mnogoseriynogo filma "Zuleyxa otkrivayet glaza"
© Sputnik / Maksim Bogodvid
/ Obuna bo‘lish
1990 yillarda qon pomidor sharbati, ketchup yoki bo‘yoq bilan almashtirilgan. Ammo bularning barchasi sahna maydonini va rekvizitlarni iflos qilgan. Hozir bunday emas.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Baxtsiz hodisalar, yong‘inlar, suv toshqini va jang sahnalari ba’zan ekranda qo‘rqinchli darajada haqiqiy ko‘rinadi. Kinodagi qon izlari nimadan tayyorlanadi, aktorlar qanday qariydi va jarohatlangan odamlarni kim tasvirlaydi. Bu savollarga jangovar film rejissori Piter Valentino javob berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Odatda, baxtsiz hodisa va ta’qib aks etgan sahnalar ikki bosqichda suratga olinadi: mashina ko‘chada tezlik bilan harkatlanadi, lekin haydovchining yuzi kadrda ko‘rsatilmaydi, keyin qahramon diqqatni jamlagan holda transport rulini aylantirayotgani aks ettiriladi.
Mashinadagi portlashlar har doim ham virtual bo‘lavermaydi.
“Biz tutun bombalarini joylashtiramiz va ularni birma-bir portlatamiz. Bundan tashqari, kerosin bilan to‘ldirilgan idishlar kaskadorlarga nisbatan yaqin joyda portlashi mumkin. Ammo xarakter qo‘zg‘atadigan katta portlashlar butunlay yashil ekranda amalga oshiriladi”, deydi rejissor.
“Aleksandroves” harbiy-tarixiy klubi vakili Mixail Kratukning aytishicha, kadrda paydo bo‘ladigan jangovar qurollar turli yo‘llar bilan suratga olish maydoniga kelib tushadi.
“Ular o‘tkir emas va tutqichi zaiflashtirilgan bo‘ladi, ma’lum bir harakat bilan u shunchaki buzilishi mumkin. Shuningdek, biz shaxsiy kolleksiyalardagi asl qurollardan foydalanamiz. Uning egasi maydonga kelib, pichoqni aktorning qo‘liga berib, suratga olingandan keyin yana olib ketadi”, — deya qo‘shimcha qiladi Kratuk.
O‘qotar qurollarda vaziyat boshqacha. Urush haqidagi filmlarda eng yaqin bo‘linmalarning askarlari suratga olinadi, ular miltiqni qanday tutishni bilishadi.
Vizajist Larisa Lobanovaning so‘zlariga ko‘ra, yuzdagi jarohatlar, chandiqlar va yoshga bog‘liq o‘zgarishlar bo‘yanish orqali yaratiladi. Ammo oyog‘i yoki qo‘li bo‘lmagan personajlar uchun nogironligi bo‘lganlar jalb qilinadi.
1990 yillarda qon pomidor sharbati, ketchup yoki bo‘yoq bilan almashtirilgan. Ammo bularning barchasi sahna maydonini va rekvizitlarni iflos qilgan. Hozir bunday emas.
“Misol uchun, "Vampiri sredney polosi" seriyasi uchun sun’iy qonning besh turi topilgan. Biri janjal va qotillik izlari uchun ishlatilgan. Ikkinchisi teriga yaxshi yopishgan. Uchinchisi kiyimlarga qo‘llanilgan. To‘rtinchisi ichish uchun mo‘ljallangan. Lekin u bilan bog‘liq muammolar bor edi”, deydi mutaxassis.
Aytilishicha, quyuq qizil suyuqlik juda shirin bo‘lib, qon ichish sahnalarida aktorlar qiynalishgan, chunki ular chidab bo‘lmas shakarli ichimlikni zavq bilan ho‘plashlari kerak bo‘lgan. Keyin mualliflar maxfiy retsept bo‘yicha kisel tayyorlashgan: u xuddi shunday ko‘rinardi, lekin shirin emas.
Ta’kidlanishicha, pirotexnika vositalaridan petardalar eng ko‘p ishlatiladi. Ular zarbalarga taqlid qilishadi. Portlash tovushlari aktorlar ssenariy bo‘yicha sodir bo‘layotgan voqealarga tabiiy ravishda munosabatda bo‘lishlari, xavfni xis qilishlari uchun amalga oshiriladi.
Suv sahnalari esa biroz qiyinroq. Chunki aktorlar vaqti-vaqti bilan suv ostida bo‘lishlari kerak. Ular akvalangistlar malakasini egallaydilar, mashq qilishadi.
Aktorlar uzoq vaqt suv ostida qolishga va kino sahnalarini yanada realroq ko‘rsatishlari uchun nafaslarini samarali ushlab turishga o‘rgatiladi.