Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Bugun saylovdan oldingi "sukunat kuni"

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSaylov qutisi
Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2023
Obuna bo‘lish
Bugun va ertaga jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalari, saylov natijalari prognozlari, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish man etiladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Bugun prezident saylovidan oldingi "sukunat kuni". Saylov kodeksiga ko‘ra, 8-9 iyul kunlari tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bugun va ertaga OAV vakillariga jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish man etiladi.
Markaziy saylov komissiyasining (MSK) nomzodlar avtobiografik ma’lumotlari va ularning saylovoldi dasturlari to‘g‘risidagi axborot materiallari (plakatlari) tashviqot materiallari hisoblanmaydi.
Saylov kunidan kamida ikki kun oldin binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga joylashtirilgan tashviqot materiallarini saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida olib qo‘yilishi majburiy emas.
Eslatib o‘tamiz, prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan 7-iyulga qadar davom etdi.
O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekiston prezidenti saylovida respublika bo‘yicha jami 14 ta saylov okrugi tashkil etilib, ularga 10784 ta saylov uchastkalari biriktirilgan. O‘zbekiston bo‘ylab saylov uchastkalari soat 8.00 dan 20.00 gacha ochiq bo‘ladi.
Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan.
Yangiliklar lentasi
0