https://oz.sputniknews.uz/20230707/xitoy-olim-ozbekiston-6-yil-oqish-ozbekcha-xitoycha-lugat-36619017.html
Xitoylik olim O‘zbekistonda 6-yil o‘qib, o‘zbekcha-xitoycha lug‘at tayyorladi
Xitoylik olim O‘zbekistonda 6-yil o‘qib, o‘zbekcha-xitoycha lug‘at tayyorladi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoylik tadqiqotchi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetida 6-yil davomida o‘zbek tilini o‘rgandi.
2023-07-07T10:58+0500
2023-07-07T10:58+0500
2023-07-07T10:58+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
universitet
o‘zbek tili
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36617206_69:223:1092:798_1920x0_80_0_0_e1a83688a14b5f67659db30810f4231e.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Toshkentda 6-yil davomida o‘zbek tilini o‘rganib, ilmiy izlanish olib borgan xitoylik tadqiqotchi dissertatsiyasini o‘zbek tilida himoya qildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.Xabarga ko‘ra, xitoylik tadqiqotchi Da Chjensin Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetida 6-yil davomida o‘zbek tilini o‘rgangan.U ilmiy izlanish olib borib, “O‘zbekcha va xitoycha maqollarning lingvistik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyasini o‘zbek tilida himoya qildi.Da Chjensin ilmiy ishini yozish jarayonida o‘zbekcha-xitoycha lug‘at tayyorladi. Bu lug‘atdan 3 mlndan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, shundan 3754 ta maqol joy olgan.Lug‘at o‘zbek tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan xitoylik va xitoy tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar, tarjimonlar uchun juda katta manba sifatida e’tirof etildi.Aytilishicha, u sentabr oyidan boshlab, Xitoyning mashhur Shanxay chet tillari universitetida talabalarga o‘zbek tilidan dars beradi, o‘zbek tilining, o‘zbek madaniyati va adabiyotining Xitoydagi faol targ‘ibotchisi va vakili bo‘ladi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36617206_82:142:1030:853_1920x0_80_0_0_1064fe5a0212830c36fa99b69d3ba715.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xitoy toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili o‘zbekcha-xitoycha lug‘at
o‘zbekiston xitoy toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili o‘zbekcha-xitoycha lug‘at
Xitoylik olim O‘zbekistonda 6-yil o‘qib, o‘zbekcha-xitoycha lug‘at tayyorladi
Xitoylik tadqiqotchi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetida 6-yil davomida o‘zbek tilini o‘rgandi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Toshkentda 6-yil davomida o‘zbek tilini o‘rganib, ilmiy izlanish olib borgan xitoylik tadqiqotchi dissertatsiyasini o‘zbek tilida himoya qildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
xabar berdi. Xabarga ko‘ra, xitoylik tadqiqotchi Da Chjensin Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetida 6-yil davomida o‘zbek tilini o‘rgangan.
U ilmiy izlanish olib borib, “O‘zbekcha va xitoycha maqollarning lingvistik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyasini o‘zbek tilida himoya qildi.
Da Chjensin ilmiy ishini yozish jarayonida o‘zbekcha-xitoycha lug‘at tayyorladi. Bu lug‘atdan 3 mlndan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, shundan 3754 ta maqol joy olgan.
Lug‘at o‘zbek tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan xitoylik va xitoy tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar, tarjimonlar uchun juda katta manba sifatida e’tirof etildi.
Aytilishicha, u sentabr oyidan boshlab, Xitoyning mashhur Shanxay chet tillari universitetida talabalarga o‘zbek tilidan dars beradi, o‘zbek tilining, o‘zbek madaniyati va adabiyotining Xitoydagi faol targ‘ibotchisi va vakili bo‘ladi.