Rossiyada shaurma pishirish standartini ishlab chiqish taklif etildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishProdaves gotovit shaurmu v torgovoy tochke v Moskve.
Prodaves gotovit shaurmu v torgovoy tochke v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2023
Obuna bo‘lish
Davlat Dumasida shaurma standartini ishlab chiqish taklif qilindi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Davlat Dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaga shauarma pishirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, foydali ingrediyentlarni aniqlash va zararli moddalarni chiqarib tashlash taklifi bilan murojaat qildi. Bu haqda Musofir l Migrant Telegram-kanali xabar qildi.

Bugungi kunda bizda "to‘g‘ri" shauarmaning standarti yo‘q - shuning uchun har kim uni xohlaganicha pishirmoqda. Bugun men Rospotrebnadzorga shaurmani pishirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni taklif qildim, - deyilgan “Novie lyudi” partiyasi xabarida.

Davlat Dumasi vitse-spikeri o‘z murojaatida hozir shaurma tarkibi bo‘yicha rasmiy tavsiyalar yo‘q, "natijada ishlab chiqaruvchilari shaurma uchun ko‘proq zararli mahsulotlar qo‘shadilar".
Davankov, shuningdek, Rospotrebnadzor tavsiyalariga rioya qilingan taqdirda shaurma savdo nuqtalari uchun “Moskva standarti” sifat belgisini ishlab chiqishni taklif qildi.
"Shaurma - hayotimizning ajralmas qismi. Demak, u yuqori sifatli bo‘lishi kerak", - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0