https://oz.sputniknews.uz/20230707/ozbekiston-shakar-chakana-narx-tushdi-zavod-36616488.html
O‘zbekistonda shakarning chakana narxi tushdi — zavodlarda qancha shakar bor?
O‘zbekistonda shakarning chakana narxi tushdi — zavodlarda qancha shakar bor?
Sputnik O‘zbekiston
Ichki bozorlarda shakarning chakana narxi yil boshiga nisbatan 10 foizga pasaydi.
2023-07-07T10:15+0500
2023-07-07T10:15+0500
2023-07-07T10:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shakar
birja
tadbirkor
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1097/89/10978955_0:317:3077:2047_1920x0_80_0_0_2bba54878560481dbe67225634008234.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekistondagi bozorlarda shakarning chakana narxi 12 000-13 500 so‘mgacha tushdi va hozirda shakar zavodlarida 389 ming tn shakar mahsuloti resurslari mavjud. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.Qayd etilishicha, bugungi kunda ichki bozorlarda shakarning chakana narxi 12 000-13 500 so‘mgacha tushgan. Yil boshiga (13 500 – 14 500 so‘mni) nisbatan 10 foizga pasaygan.Shundan, omborda 3 ming tn tayyor shakar va 72 ming tn xomashyo, avgust oyiga qadar 314 ming tn xomashyo yetkazib beriladi.Respublikada shakar ishlab chiqaruvchi zavodlar imkoniyatiHozirda “Xorazm shakar” MChJ va “Angren shakar” MChJning yillik umumiy ishlab chiqarish quvvati 900 ming tonnadan ortiq. Korxonalarning ichki ehtiyojni (o‘rtacha 650 ming tonna) 138 foizdan ortig‘ini qoplash imkoniyati mavjud.Birja savdolariga qo‘yilayotgan shakar holatiBugungi kunda (3 iyul) birja savdolarida kunlik qo‘yilayotgan 2600 tn shakar mahsulotining 2100 tn yoki 68 foizi 1 kg uchun o‘rtacha 10 666 so‘mdan realizatsiya qilinib, o‘rtacha boshlang‘ich narxga (11 001 so‘m) nisbatan o‘sish 3 foizni tashkil etmoqda.Mahalliy korxonalar tomonidan joriy yil yanvar-iyun oylarida birja savdolariga jami 336,7 ming tn shakar qo‘yilib, ulardan 280,1 ming tn (83 foizi) sotilgan.Iyun oyida shakarning 1 tn.si uchun o‘rtacha sotilish narxi spot bitimlarida 11,5 mln so‘mgacha (may oyida – 13,3 mln so‘m) o‘rtacha 14 foizga va forvard bitimlarida 10,7 mln so‘mgacha (may oyida – 12,5 mln so‘m) o‘rtacha 15 foizga pasayganligi kuzatilmoqda.Statistika agentligiga ko‘ra, yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 265,1 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan. Mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 % ga oshgan. May oyining o‘zida yirik korxonalar tomonidan 62,7 ming tonna shakar ishlab chiqarildi.Yanvar oyida dehqon bozorlarida shakarning narxi (1 kg) 11 000 – 14 000 so‘mga teng bo‘lgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1097/89/10978955_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_74f6640fc0349df057ce44bccd4f1a10.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston shakar birja tadbirkorlar zavod ichki bozor
o‘zbekiston shakar birja tadbirkorlar zavod ichki bozor
O‘zbekistonda shakarning chakana narxi tushdi — zavodlarda qancha shakar bor?
Ichki bozorlarda shakarning chakana narxi yil boshiga nisbatan 10 foizga pasaydi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekistondagi bozorlarda shakarning chakana narxi 12 000-13 500 so‘mgacha tushdi va hozirda shakar zavodlarida 389 ming tn shakar mahsuloti resurslari mavjud. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
xabar berdi. Qayd etilishicha, bugungi kunda ichki bozorlarda shakarning chakana narxi 12 000-13 500 so‘mgacha tushgan. Yil boshiga (13 500 – 14 500 so‘mni) nisbatan 10 foizga pasaygan.
“Bugungi kunda mahalliy shakar zavodlari shakar xomashosini Braziliya davlatidan xarid qilishmoqda. Xususan, 3-iyul holatiga mazkur zavodlarda 389 ming tn shakar mahsuloti resurslari mavjud hamda arzon narxlarda xomashyo yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolangan”, deyiladi xabarda.
Shundan, omborda 3 ming tn tayyor shakar va 72 ming tn xomashyo, avgust oyiga qadar 314 ming tn xomashyo yetkazib beriladi.
Respublikada shakar ishlab chiqaruvchi zavodlar imkoniyati
Hozirda “Xorazm shakar” MChJ va “Angren shakar” MChJning yillik umumiy ishlab chiqarish quvvati 900 ming tonnadan ortiq. Korxonalarning ichki ehtiyojni (o‘rtacha 650 ming tonna) 138 foizdan ortig‘ini qoplash imkoniyati mavjud.
Birja savdolariga qo‘yilayotgan shakar holati
Bugungi kunda (3 iyul) birja savdolarida kunlik qo‘yilayotgan 2600 tn shakar mahsulotining 2100 tn yoki 68 foizi 1 kg uchun o‘rtacha 10 666 so‘mdan realizatsiya qilinib, o‘rtacha boshlang‘ich narxga (11 001 so‘m) nisbatan o‘sish 3 foizni tashkil etmoqda.
Mahalliy korxonalar tomonidan joriy yil yanvar-iyun oylarida birja savdolariga jami 336,7 ming tn shakar qo‘yilib, ulardan 280,1 ming tn (83 foizi) sotilgan.
Iyun oyida shakarning 1 tn.si uchun o‘rtacha sotilish narxi spot bitimlarida 11,5 mln so‘mgacha (may oyida – 13,3 mln so‘m) o‘rtacha 14 foizga va forvard bitimlarida 10,7 mln so‘mgacha (may oyida – 12,5 mln so‘m) o‘rtacha 15 foizga pasayganligi kuzatilmoqda.
Statistika agentligiga ko‘ra, yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 265,1 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan. Mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 % ga oshgan.
May oyining o‘zida yirik korxonalar tomonidan 62,7 ming tonna shakar ishlab chiqarildi.
Yanvar oyida dehqon bozorlarida shakarning narxi (1 kg) 11 000 – 14 000 so‘mga teng bo‘lgan.