Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 7-iyulning asosiy voqealari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota mobilnoy gruppi bistrogo reagirovaniya v zone SVO/
Rabota mobilnoy gruppi bistrogo reagirovaniya v zone SVO/ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina qurolli kuchlari Donesk, Krasniy Liman va Janubiy Donesk yo‘nalishlarida qarshi hujumga urinishlarini davom ettirdi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiya doirasida so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

Mudofaa vazirligining 7-iyul hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi DXRning Mayorsk, Severnoe, Yagodnoe, Klesheyevka, Pervomayskoe va Vodanoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 10 ta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Kun davomida dushmanning 420 dan ortiq harbiy xizmatchilari, 3ta tanki, 7ta BMP, 4ta pikapi, D-20 gaubitsasi, shuningdek, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Nevskoe va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida UQKning 21 va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va texnikasini yo‘q qildi. LXRning Novoyegorovka, Novovodanoe va DXRning Yampolovka aholi punktlari hududlarida dushmanning to‘rtta hujumi qaytarildi. Chervonaya Dibrova aholi punkti hududida Ukrainaning ikkita qo‘poruvchilik va razvedka guruhi faoliyati to‘xtatildi.
Kun davomida dunmanning 95 nafar harbiy xizmatchilari, bitta tanki, to‘rtta zirhli jangovar mashinasi, to‘rtta pikapi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk va Zaporoje yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Urojaynoe aholi punkti hududida dushmanning ikkita hujumini qaytardi.
Zaporoje viloyati Priyutnoe aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik-razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi. Lugovskoe aholi punkti hududida 106-hududiy mudofaa brigadasining to‘plangan ishchi kuchi va texnikasini mag‘lub etdi. Orexov shahri yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 44-artilleriya brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Ushbu hududda dushman kun davomida 200 dan ortiq harbiy xizmatchilar, 2ta BMP, 2ta zirhli jangovar mashina, 3ta avtomoobil, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, "Msta-B" gaubitsasi va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan AF-90 rusumli o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Krasnoe Pervoe, Sinkovka, Masutovka va Timkovka aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berdi. Dushmanning 25 dan ortiq harbiy xizmatchi, uchta avtomashina, o‘ziyurar artilleriya "Giatsint-S" va "Akatsiya" majmuasi, D-20 gaubitsasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
LXRning Novoselovskoe aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik-razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida 80 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, o‘n bitta texnika, shuningdek, ikkita "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya qurilmasi yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya kun davomida UQKning 114ta pozitsiyada joylashgan 97ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Havo mudofaa kuchlari yo‘q qilgani:
Zaporoje viloyati Odarovka aholi punkti hududida Ukraina Harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyotini urib tushirildi.
AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS va "Uragan" reaktiv tizimlarining 21ta raketalarini tutib oldi.
Bundan tashqari, Xerson viloyatining Velika Lepetixa, Zaporoje viloyatining Konovalova, Pologi, LXRning Shipilovka, Volodino, Valerianovka va DXRning Staromixaylovka tumanlarida Ukrainaning 13ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 452 ta samolyot, 241 ta vertolot, 4921 ta uchuvchisiz uchish apparati, 426 ta zenit-raketa majmuasi, 10566 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1135 ta ko‘p sonli raketa tizimidagi jangovar texnika, 5370 ta artilleriya va minomotlar, shuningdek, 11493 dona maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0