Jahon banki Toshkent viloyatiga yirik mablag‘ ajratdi — u nimaga sarflanadi?

© unsplash.com/Martin SchmidliOvsa. Illyustrativnoe foto
Ovsa. Illyustrativnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2023
Obuna bo‘lish
Ajratilgan mablag‘ asosida amalga oshiriladigan loyiha uchun Ohangaron tumanida qulay joy tanlash va qurilish ishlari uchun yer ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Jahon banki Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida chorvachilikni rivojlantirish uchun 1 mln 600 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratdi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Mazkur mablag‘ Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining Ohangaron bo‘limiga ajratiladigan bo‘ldi.
Mablag‘ tumanda chorvachilikni rivojlantirish, ilmiy-tadqioqotlar olib borish va yangi zotlarni yaratish maqsadida ajratilmoqda.
“Ushbu miqdorning 660 ming dollari yuqori texnologiyali zamonaviy laboratoriya va asbob-uskunalar uchun bo‘lsa, qolgan 500 ming dollar qismi qurilish ishlari uchun mo‘ljallangan”, deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu loyihani amalga oshirish uchun qulay joy tanlash va qurilish ishlari uchun yer ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Qayd etilishicha, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Ohangaron bo‘limi tomonidan qo‘yning yangi “Aqchasoy” tipi yaratilgan. Tez orada mazkur zot bo‘yicha patent olinishi kutilmoqda.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida EU-AGRIN loyihasi doirasida Go‘shtdor-serjun qo‘ylarni sun’iy urug‘lantirish orqali go‘sht va jun mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha 1,5 yillik innovatsion loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0