https://oz.sputniknews.uz/20230707/avtomobil-xalqaro-tashuv-ruxsatnoma-tartibi-36636413.html
Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi
Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Har bir beriladigan ruxsatnoma uchun 82 ming 500 so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.
2023-07-07T16:35+0500
2023-07-07T16:35+0500
2023-07-07T16:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston
avtomobil
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28978246_0:321:3071:2048_1920x0_80_0_0_1e71c14857c45f6b0eb97f3e14d70d6f.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning 277-sonli qarori bilan qabul qilingan tegishli nizomda nazarda tutilgan.Nizomga ko‘ra, ruxsatnomalarda avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlatga/dan tashish) va ulardan foydalanish shartlari ko‘rsatiladi.Ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizani milliy tashuvchi o‘zining ERIsi bilan tasdiqlagan holda “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali takdim etadi va ariza olingan kundan 1 ish kunida ko‘rib chiqiladi.Ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Ruxsatnomalar ular berilgan kundan 90 kalendar kun ichida vakolatli organga qaytarish sharti bilan tashuvchilarga beriladi.Milliy tashuvchi tomonidan unga berilgan ruxsatnomalarni yoki ular bo‘yicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga – 3 oy muddatga, yil davomida qayta aniqlansa – 6 oy muddatga barcha ruxsatnomalar berilishi to‘xtatiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28978246_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_dbf7709ac5d3f8fe9eed3c57327e07f2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston avtomobil xalqaro tashuv ruxsatnoma tartib yig‘im
o‘zbekiston avtomobil xalqaro tashuv ruxsatnoma tartib yig‘im
Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi
Har bir beriladigan ruxsatnoma uchun 82 ming 500 so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning
277-sonli qarori bilan qabul qilingan tegishli nizomda nazarda tutilgan.
Nizomga ko‘ra, ruxsatnomalarda avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlatga/dan tashish) va ulardan foydalanish shartlari ko‘rsatiladi.
Ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
ikki tomonlama yuk tashish uchun;
tranzit yuk tashish uchun;
uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;
ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;
ikki tomonlama qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
ikki tomonlama/tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun.
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizani milliy tashuvchi o‘zining ERIsi bilan tasdiqlagan holda “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali takdim etadi va ariza olingan kundan 1 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Ruxsatnomalar ular berilgan kundan 90 kalendar kun ichida vakolatli organga qaytarish sharti bilan tashuvchilarga beriladi.
Har bir beriladigan ruxsatnoma uchun BHMning to‘rtdan biri (82 ming 500 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Milliy tashuvchi tomonidan unga berilgan ruxsatnomalarni yoki ular bo‘yicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga – 3 oy muddatga, yil davomida qayta aniqlansa – 6 oy muddatga barcha ruxsatnomalar berilishi to‘xtatiladi.