Zelenskiy g‘alaba qozonmasligini batamom tushunib yetdi – Lukashenko

© AP Photo / Federico GambariniVladimir Zelenskiy, arxiv surat
Vladimir Zelenskiy, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2023
Obuna bo‘lish
Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy G‘arb yetakchilari bilan maxsus harbiy operatsiya boshlanishiga qadar qurol va moliyaviy yordam evaziga “so‘nggi ukraingacha” jang qilishga kelishib olgan.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy g‘alaba qozonmasligini tushunib yetdi, shu bois o‘zining g‘arblik hamkorlariga shikoyat qila boshladi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
Lukashenko Minskda Belarus va xorijiy OAVlar bilan muloqot chog‘ida G‘arbning yordam berish va’dalariga uchgan Zelenskiy “qanot chiqarib, parvoz qilganini” qayd etdi.

“Endichi? U (Vladimir Zelenskiy – tahr.) bu urushda g‘alaba qozonmasligini batamom tushunib yetdi. Bu qarshi hujum u uchun minglab kishilarning o‘limidan boshqa narsa bilan tugamasligini angladi. Va u asta-sekin ularga (G‘arb davlatlariga – tahr.) pul va yangi qurol-yarog‘ ko‘rinishidagi talablarini qo‘ya boshladi”, - dedi Lukashenko. Uning so‘zlaridan Sputnik Belarus iqtibos keltirgan.

Shuningdek, Lukashenko ancha strategik zaxiralarini saqlab qo‘ygan Ukraina qo‘shinlari Vilnyusda 11-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga qadar “biror bir narsani namoyish etishlari shart” deb hisoblaydi.
Belarus rahbari Zelenskiy G‘arb yetakchilari bilan maxsus harbiy operatsiya boshlanishiga qadar qurol va moliyaviy yordam evaziga “so‘nggi ukraingacha” jang qilishga kelishib olganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0