Toshkentdagi sobiq MXX binosini buzish boshlandi – video

© Sputnik/Abdubakir YunusovSobiq MXX binosi
Sobiq MXX binosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2023
Obuna bo‘lish
Bino 1950-yillarda qurilgan. U yer dastlab IIV markaziy shahar poliklinikasi, keyin O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi binosi bo‘lgan.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Toshkent shahri markazidagi sobiq Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) binosini buzish boshlandi.
Bino 1950-yillarda qurilgan. U yer dastlab IIV markaziy shahar poliklinikasi, keyin O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi binosi bo‘lgan. So‘ngra MXX binosi bo‘lgan.
2018 yilda MXX Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirilib, yangi joyga ko‘chirilgan edi.
2023 yilning bahorida “Radisson Hotel Group” kompaniyasi “Metropol Group” bilan mazkur bino o‘rnida 22 qavatli mehmonxona qurish bo‘yicha bitim imzolagani ma’lum bo‘ldi.
Mehmonxona 2026-yilda ochilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0