https://oz.sputniknews.uz/20230706/fargona-masjid-fuqaro-pichoq-hujum-36599526.html
Farg‘onadagi masjidda fuqaro boshqa bir shaxsga pichoq bilan hujum qildi — video
Farg‘onadagi masjidda fuqaro boshqa bir shaxsga pichoq bilan hujum qildi — video
Sputnik O‘zbekiston
Masjid binosiga peshin namozini o‘qish uchun kirgan ikki nafar fuqaro o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.
2023-07-06T14:58+0500
2023-07-06T14:58+0500
2023-07-06T16:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
farg‘ona
qo‘qon
bosh prokuratura
hujum
jinoyat
jinoyatchi
masjid
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36512517_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_be26aae8a5d39101f06aea91dfc5d587.jpg
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Farg‘ona viloyatidagi Said Ahmad Hoji jome masjidida fuqaro boshqa bir shaxsga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda “Pochtachi” telegram kanali Bosh prokuraturaga tayanib xabar berdi.Holat Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, 15-iyul kuni masjid binosiga peshin namozini o‘qish uchun kirgan ikki nafar fuqaro o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.Masjid tahoratxonasiga kirgan 39 yoshli erkakning ortidan kirgan sherigi yonida bo‘lgan pichoq bilan uning bosh, bo‘yin va qorin qismiga bir necha bor urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.Shundan so‘ng u masjidga qo‘shni binoda joylashgan “Navbahor” MFY mas’ullari oldiga kirib, bo‘lgan voqeani aytib bergan. Aniqlanishicha, ikki fuqaro ham Qo‘qon shahrida yashaydi.Dang‘ara tuman prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Viloyat prokuraturasi ishni o‘z nazoratiga olgan.Dang‘ara tuman shifoxonasi shifokorining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda pichoqlangan erkakning ahvoli barqaror.
o‘zbekiston
qo‘qon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36512517_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_a42b6a78c01a9d6b11aca8f2b902b253.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston farg‘ona masjid pichoq dang‘ara tumani said ahmad hoji jome masjidi
o‘zbekiston farg‘ona masjid pichoq dang‘ara tumani said ahmad hoji jome masjidi
Farg‘onadagi masjidda fuqaro boshqa bir shaxsga pichoq bilan hujum qildi — video
14:58 06.07.2023 (yangilandi: 16:16 06.07.2023) Masjid binosiga peshin namozini o‘qish uchun kirgan ikki nafar fuqaro o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Farg‘ona viloyatidagi Said Ahmad Hoji jome masjidida fuqaro boshqa bir shaxsga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda
“Pochtachi” telegram kanali Bosh prokuraturaga tayanib xabar berdi.
Holat Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, 15-iyul kuni masjid binosiga peshin namozini o‘qish uchun kirgan ikki nafar fuqaro o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.
Masjid tahoratxonasiga kirgan 39 yoshli erkakning ortidan kirgan sherigi yonida bo‘lgan pichoq bilan uning bosh, bo‘yin va qorin qismiga bir necha bor urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng u masjidga qo‘shni binoda joylashgan “Navbahor” MFY mas’ullari oldiga kirib, bo‘lgan voqeani aytib bergan. Aniqlanishicha, ikki fuqaro ham Qo‘qon shahrida yashaydi.
Dang‘ara tuman prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Viloyat prokuraturasi ishni o‘z nazoratiga olgan.
Dang‘ara tuman shifoxonasi shifokorining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda pichoqlangan erkakning ahvoli barqaror.