Buxoroda bank xodimi pensionerlarning 21 mln so‘mini o‘g‘irladi — tafsilotlar

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2023
Obuna bo‘lish
G‘ijduvon tumanida yashovchi 21 yoshli bank xodimi o‘tgan yildan buyon 41 nafar kishining kartasidan pullarni o‘g‘irlab kelgan.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Buxoroda bank xodimi pensionerlarning bank kartasidan 21 mln so‘m o‘g‘irladi. Bu haqda “Pochtachi” telegram kanali Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat etib, mart oyida bank kartasi hisobidan 2 mln 323 ming so‘m pul yo‘qolganini ma’lum qilgan.
Tegishli idoralar tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ularni o‘zlashtirgan shaxs bank xodimi ekanligi aniqlandi.

“2002 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan G‘ijduvon tumanidagi bank filiali sayyor kassa kassiriga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tergov harakatlari davomida ushbu xodim 2022-yil noyabr oyidan 2023-yil 29-may kuniga qadar fuqarolarning pensiya to‘lovlari, moddiy yordam va ikki yoshgacha nafaqa pullarini olish maqsadida ochilgan 48 ta bank kartasining 41 tasidan jami 21,9 mln so‘m pulni o‘g‘irlab, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda o‘g‘irlangan mablag‘larning barchasi qoplangan.
Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0