https://oz.sputniknews.uz/20230706/alibaba-jek-ma-ozbekistonga-keldi-36602035.html
"AliBaba" asoschisi Jek Ma O‘zbekistonga keldi — OAV
"AliBaba" asoschisi Jek Ma O‘zbekistonga keldi — OAV
Sputnik O‘zbekiston
Xitoylik magnat 30-iyun kuni shaxsiy samolyotda O‘zbekistonga uchib kelgan.
2023-07-06T15:32+0500
2023-07-06T15:32+0500
2023-07-06T15:52+0500
dunyoda
xitoy
o‘zbekiston
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1016/83/10168385_38:0:1000:541_1920x0_80_0_0_4c9e3c140839a53a2b086aa36f041c63.jpg
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. "AliBaba" asoschisi, xitoylik tadbirkor Jek Ma O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda "Pakistan Observer" nashri xabar berdi.Gazetaning yozishicha, xitoylik magnat Nepaldan 29-iyun kuni Islomobodga yetib kelgan, 30-iyun kuni esa shaxsiy samolyotda O‘zbekistonga uchib ketgan.Nashrning aniqlik kiritishicha, tadbirkorning ushbu mamlakatlarga tashrifidan maqsadi “faqat shaxsiy” bo‘lib, u rasmiylar bilan uchrashmagan va OAV e’tiboridan qochgan.Pokistonning investitsiyalar bo‘yicha sobiq davlat vaziri Muhammad Azfar Asxan ijtimoiy tarmoqda yozishicha, hatto Xitoyning Islomoboddagi elchixonasi ham Maning mamlakatga kelishidan xabari bo‘lmagan.Jek Maga besh nafar xitoylik, amerikalik va bir nafar Daniya fuqarosi hamrohlik qilmoqda, deya aniqlik kiritmoqda nashr.Nepalda mehmonlar Katmanduning diqqatga sazovor joylari, Pokistonda Islomobodni aylanib chiqishdi va mamlakatning ikkinchi yirik shahri Lohurga tashrif buyurishdi.Xitoy hukumati mamlakatning eng yirik onlayn xizmatlari, jumladan, “Alibaba”ga qarshi keskin choralar ko‘ra boshlaganida Jek Ma Xitoyni tark etgan. Biroq taxminan bir yil o‘tgach, u vataniga qaytib borgan.
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1016/83/10168385_198:13:902:541_1920x0_80_0_0_4bcbdfac5a70aeeef0e487783679d182.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy o‘zbekiston alibaba jek ma xitoylik magnat
xitoy o‘zbekiston alibaba jek ma xitoylik magnat
"AliBaba" asoschisi Jek Ma O‘zbekistonga keldi — OAV
15:32 06.07.2023 (yangilandi: 15:52 06.07.2023) Xitoylik magnat 30-iyun kuni shaxsiy samolyotda O‘zbekistonga uchib kelgan.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. "AliBaba" asoschisi, xitoylik tadbirkor Jek Ma O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda "
Pakistan Observer" nashri xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, xitoylik magnat Nepaldan 29-iyun kuni Islomobodga yetib kelgan, 30-iyun kuni esa shaxsiy samolyotda O‘zbekistonga uchib ketgan.
Nashrning aniqlik kiritishicha, tadbirkorning ushbu mamlakatlarga tashrifidan maqsadi “faqat shaxsiy” bo‘lib, u rasmiylar bilan uchrashmagan va OAV e’tiboridan qochgan.
Pokistonning investitsiyalar bo‘yicha sobiq davlat vaziri Muhammad Azfar Asxan ijtimoiy tarmoqda yozishicha, hatto Xitoyning Islomoboddagi elchixonasi ham Maning mamlakatga kelishidan xabari bo‘lmagan.
Jek Maga besh nafar xitoylik, amerikalik va bir nafar Daniya fuqarosi hamrohlik qilmoqda, deya aniqlik kiritmoqda nashr.
Nepalda mehmonlar Katmanduning diqqatga sazovor joylari, Pokistonda Islomobodni aylanib chiqishdi va mamlakatning ikkinchi yirik shahri Lohurga tashrif buyurishdi.
Xitoy hukumati mamlakatning eng yirik onlayn xizmatlari, jumladan, “Alibaba”ga qarshi keskin choralar ko‘ra boshlaganida Jek Ma Xitoyni tark etgan. Biroq taxminan bir yil o‘tgach, u vataniga qaytib borgan.