Shvetsiyada o‘zbek allomalarining qadimiy qo‘lozmalari topildi — ular mamlakatga qaytariladimi?

© UzAO‘zbek olimlari Shvetsiyadagi turkiy qo‘lozmalarni o‘rganmoqda
O‘zbek olimlari Shvetsiyadagi turkiy qo‘lozmalarni o‘rganmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2023
Obuna bo‘lish
Qo‘lozmalar orasida Alisher Navoiy, Bobur, Fuzuliy, So‘fi Olloyor, Mashrab kabi mashhur shoirlardan tashqari O‘zbekistonga noma’lum bo‘lgan shoirlar, tarjimonlarning ham asarlari mavjud.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Shvetsiyada turkiy xalqlarga tegishli 800 dan ortiq qadimiy qo‘lozmalar topildi. Bu haqda Davlat jahon tillari universiteti professori Gulnoza Xalliyeva ma’lum qildi, deb yozmoqda O‘zA.
Davlat jahon tillari universiteti professori Gulnoza Xalliyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Shvetsiyaga tashrif buyurdi.
Qayd etilishicha, Uppsala va Lund universitetlari kutubxonalarida turkiy xalqlarga oid 858 ta (agar dublikatlari hisobga olinmasa, 500 dan ortiq) tarixiy qo‘lozmalar mavjudligi aniqlandi.

“Ular orasida Alisher Navoiy, Bobur, Fuzuliy, So‘fi Olloyor, Mashrab kabi biz bilgan mashhur shoirlardan tashqari hali xalqimizga noma’lum bo‘lgan shoirlar, tarjimonlarning ham qo‘lozmalari mavjud. Birgina Alisher Navoiy qo‘lozmalarining o‘zi 25 tani tashkil etadi”, - dedi Gulnoza Xalliyeva.

Ushbu qo‘lozmalar 19—20 asrlarda shved missionerlari faoliyati davomida to‘plangan, sotib olinib, keyinchalik Lund va Uppsala universitetlari kutubxonalariga sovg‘a qilingan.
Qo‘lozmalar orasida O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan turkiy qo‘lozmalar ham mavjud, deya qo‘shimcha qildi u.

“Men ko‘rayotan turkiy qo‘lozmalar, uyg‘ur qo‘lozmalari deb atalgan. Aslida ular orasida nafaqat uyg‘ur, balki qozoq, turk, o‘zbek va boshqa tillardagi manbalar ham bor. Qo‘lozmalar yaxshi, qoniqarli, yomon va qo‘llanishga yaroqsiz kabi to‘rt toifaga ajratilgan. Yomon va qo‘llanishga yaroqsiz belgisi ostidagi qo‘lozmalar foydalanishga berilmaydi, ularni faqat pul to‘lab, raqamli variantiga buyurtma berish mumkin xolos. Men ko‘rgan yaxshi va qoniqarli belgili qo‘lozmalardan ba’zilari ham ta’mirtalab ahvolda. Albatta, ularni ko‘rib juda achindim, avaylab varaqladim”, - dedi u.

Aytilishicha, Shvetsiya kutubxonalarida saqlanayotgan noyob durdonalarni olimlar guruhi bilan kelib, avvalo to‘liq reyestrini tuzish, tavsifini yaratish, hammasini yaroqli holga keltirib ta’mirlash, iloji bo‘lsa O‘zbekistonga qaytarish maqsad qilingan.
Yangiliklar lentasi
0