https://oz.sputniknews.uz/20230705/prezident-saylovi-muddatidan-oldin-ovoz-berish-36571067.html
Bugun prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tugaydi
Bugun prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tugaydi
Sputnik O‘zbekiston
Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bugun soat 18:00ga qadar davom etadi.
2023-07-05T14:14+0500
2023-07-05T14:14+0500
2023-07-05T14:18+0500
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekistonda prezident saylovi
saylov uchastkasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36410867_0:0:2861:1610_1920x0_80_0_0_ed1dbf5db64e13e90d0f345d3f762b86.jpg
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Bugun prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tugaydi.Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 28-iyunda boshlangan edi. Bugun jarayonning oxirgi kuni va u soat 18:00ga qadar davom etadi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etishdi.Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyul holatiga jami 376 623 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Shundan mamlakat hududida – 275 592 nafar va xorijda – 101 031 nafar saylovchi ovoz bergan.O‘zbekistonda o‘tadigan prezident saylovi haqida siz berishga uyalayotgan savollar — MSK javobiEslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekiston bo‘yicha 10 784 ta saylov uchastkasi tuzilgan. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida esa 56 ta saylov uchastkasi o‘z faoliyatini olib boradi.Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20230622/ozbekiston-muddatidan-ilgari-prezident-saylovi-36205726.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36410867_132:72:2088:1539_1920x0_80_0_0_2e9f541b8685dacd5c1665b2138f1286.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezident saylovi saylov uchastkasi muddatidan oldin ovoz berish
o‘zbekiston prezident saylovi saylov uchastkasi muddatidan oldin ovoz berish
Bugun prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tugaydi
14:14 05.07.2023 (yangilandi: 14:18 05.07.2023) Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bugun soat 18:00ga qadar davom etadi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Bugun prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tugaydi.
Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 28-iyunda boshlangan edi. Bugun jarayonning oxirgi kuni va u soat 18:00ga qadar davom etadi.
Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etishdi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyul holatiga jami 376 623 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Shundan mamlakat hududida – 275 592 nafar va xorijda – 101 031 nafar saylovchi ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga
belgilangan. O‘zbekiston bo‘yicha 10 784 ta saylov uchastkasi
tuzilgan. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida esa 56 ta saylov uchastkasi o‘z faoliyatini olib
boradi.Prezidentlikka Ekopartiyadan
Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan
Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan
Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari
Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan
boshlangan.