O‘zbekiston va Pokiston multimodal yuk tashuvlarini rivojlantiradi

© Ministerstvo transporta Respubliki UzbekistanO‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Pokistonning mamlakatdagi elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Pokistonning mamlakatdagi elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent-Lohur yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash ham muhokama qilindi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Pokistonning mamlakatdagi elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.
Xususan, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yuk tashuvlari hajmini oshirish maqsadida Afg‘oniston hududi orqali multimodal tashuvlarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Toshkent-Lohur yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash, “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishi loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
Avvalroq “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” yangi multimodal transport yo‘lagini shakllantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0