Maxsus operatsiya: 5-iyulning asosiy voqealari
© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota otradov razvedki i spesnaza v yujnom sektore SVO.
© Sputnik / Sergey Averin
/ Obuna bo‘lish
O‘tgan kun davomida Ukraina qurolli kuchlari Donesk, Krasniy Liman, Janubiy Donesk va Zaporoje yo‘nalishlarida hujum amaliyotlarini davom ettirdi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligining 5-iyul hisoboti:
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi DXRning Belogorovka, Pervomayskoe, Severnoe, Nevelskoe va Krasnogorovka aholi punktlari hududlarida dushmanning to‘qqizta dushman hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Bundan tashqari, DXRning Artyomovsk shahri hududida Ukraina Qurolli kuchlarining uchta ishchi kuchi va texnikasi yo‘q qilindi.
Kun davomidagi janglarda jami 290 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta tank, bir piyoda jangovar mashinasi, beshta avtomobil, uchta pikap, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, ikkita D-30 gaubitsasi va bitta "Msta-B" yo‘q qilindi.
DXRning Nevelskoe aholi punkti hududida 109-hududiy mudofaa brigadasining dala o‘q-dorilar ombori vayron qilingan.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari LXRning Makeyevka va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida UQKning 63 va 66- mexanizatsiyalashgan brigadalarining ikkita hujumini qaytardi.
DXRning Yampolovka, Torskoe, Grigorovka, LXRning Kuzmino va Chervonopopovka aholi punktlari hududlarida UQKning 21, 42, 63-mexanizatsiyalashgan va 95-havo hujumi brigadalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berildi.
DXRning Serebranka va Torskoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning ikki qo‘poruvchilik va razvedka guruhi faoliyati to‘xtatildi.
Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 90 dan ortiq harbiy xizmatchilar, bitta tank, uchta zirhli jangovar mashina, uchta yuk mashinasi, Polshada ishlab chiqarilgan o‘ziyurar artilleriya moslamasi "Krab", "Akatsiya" va ikkita D-30 gaubitsalarini tashkil etdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhining mudofaa bo‘linmalari, DXRnng Staromayorskoe va Urojaynoe aholi punktlarida UQK moto-o‘qchi piyodalar rotasining beshta hujumini qaytardi.
DXRning Makarovka va Zaporoje viloyatidagi Priyutnoe aholi punktlari hududlarida dushmanning ishchi kuchi to‘plangan joylarga zarba berildi. Shuningdek, DXRning Ugledar aholi punkti hududida Ukrainaning qo‘poruvchilik va razvedka guruhi yo‘q qilindi.
Rossiya qo‘shinlarining yaxshi muvofiqlashtirilgan harakatlari Zaporoje viloyatining Jerebanka aholi punkti hududida UQKning 128-tog‘li hujum brigadasi bo‘linmalari hujumini qaytardi. Ushbu viloyatning Preobrajenka va Malaya Tokmachka aholi punktlari hududlarida UQK ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan joyga havo zarbalari berildi.
Bundan tashqari, Zaporojye viloyatining Lugovskoe, Marfopol va Mirne aholi punktlari hududlarida Ukrainaning uchta qo‘poruvchilik va razvedka guruhi faoliyati to‘xtatildi.
Kun davomida dushmanning jami yo‘qotishlari 300 dan ortiq harbiy xizmatchilar, ikkita piyoda askarlari, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta avtomashina, ikkita Msta-B gaubitsasi, ikkita D-20 gaubitsasi, ikkita o‘ziyurar Akatsiya artilleriya moslamalari, shuningdek, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi bo‘ldi.
Kupansk yo‘nalishida tezkor-taktik va armiya aviatsiyasi, "G‘arb" kuchlar guruhi artilleriya yordamida UQKning 14-mexanizatsiyalashgan brigadasiga zarba berdi, Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Sinkovka va Timkovka aholi punktlarida 20 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bronetransportor va ikkita avtomobil yo‘q qilindi.
Shuningdek, Xarkov viloyatining Golubovka qishlog‘i hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radar yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida bir sutkada 60 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, to‘rtta avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan uchta M777 artilleriya tizimi, ikkita "Bukovel" elektron jangovar stansiyasi va uchuvchisiz uchish apparatini boshqarish markazi yong‘in shikastlanishi natijasida yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi bir sutkada 109 ta tumanda joylashgan 79 ta artilleriya bo‘linmasini pozitsiyalariga zarba berdi.
DXRning Drujkovka va Maksimovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar va harbiy texnika omborlari yo‘q qilindi. Shuningdek, DXRnigng Razdolivka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 115-mexanizatsiyalashgan brigadasining qo‘mondonlik punkti mag‘lubiyatga uchradi.
O‘tgan 24 soat ichida havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqilgan HIMARS ko‘p raketali tizimining oltita raketasini tutib oldi. Bundan tashqari, DXRning Artyomovsk, LXRning Kalinovka, Xarkov viloyatidagi Tavoljanka, Zaporojye viloyatidagi Lyubimovka va Samoilovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning oltita uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 449 ta samolyot, 241 ta vertolot, 4893 ta uchuvchisiz uchish apparati, 426 ta zenit-raketa kompleksi, 10535 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1134 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 5348 ta artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 11443 dona maxsus harbiy mashinalardan mahrum bo‘ldi. .