https://oz.sputniknews.uz/20230705/langfan-qashqar-irkeshtam-osh-toshkent-yangi-multimodal-yonalishi-36553637.html
Xitoydan O‘zbekistonga yangi va eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha konteyner poyezdi yo‘lga chiqdi
Xitoydan O‘zbekistonga yangi va eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha konteyner poyezdi yo‘lga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Poyezddagi yukning umumiy og‘irligi 1000 tonnadan oshadi. Safar vaqti taxminan 12 kunni tashkil etadi.
2023-07-05T07:00+0500
2023-07-05T07:00+0500
2023-07-06T13:37+0500
jamiyat
xitoy
o‘zbekiston
poyezd qatnovi
“xitoy-qirg‘iziston-o‘zbekiston” temir yo‘li
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/05/36553473_0:75:1440:885_1920x0_80_0_0_1b424ec58c274556724a64962cc0ef3a.jpg
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Xitoydan O‘zbekistonga yangi multimodal yo‘nalish bo‘yicha konteyner poyezdi jo‘natildi, deya xabar berdi "O‘zbekiston temir yo‘llari”.Kecha “Langfan – Qashqar – Irkeshtam – O‘sh – Toshkent” yangi multimodal yo‘nalishida konteynerli blok-poyezdini jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tdi.Langfandan (Xitoy) harakatlanuvchi birinchi poyezd safarga chiqdi. Uning tarkibida qurilish materiallari bo‘lgan 41 ta vagon bor.Butun yo‘lning masofasi taxminan 6000 kilometrni tashkil etadi va yukning umumiy og‘irligi 1000 tonnadan oshadi. Safar vaqti taxminan 12 kunni tashkil etadi.Yangi multimodal yo‘lak bo‘ylab tashish jarayoni jo‘nash punktidan temir yo‘l orqali Qashqar (Xitoy) temir yo‘l stansiyasigacha amalga oshiriladi.Keyin esa yuklar avtotransportga ortilib O‘sh (Qirg‘iziston) temir yo‘l stansiyasiga yetkaziladi. O‘sh stansiyasidan esa Toshkentgacha yuklar temir yo‘l orqali yuk poyezdi tarkibida yetkaziladi.
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/05/36553473_235:0:1440:904_1920x0_80_0_0_ff3d53c2e798518ea43f704fafb38029.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy o‘zbekiston poyezd “langfan – qashqar – irkeshtam – o‘sh – toshkent” yangi multimodal yo‘nalishi
xitoy o‘zbekiston poyezd “langfan – qashqar – irkeshtam – o‘sh – toshkent” yangi multimodal yo‘nalishi
Xitoydan O‘zbekistonga yangi va eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha konteyner poyezdi yo‘lga chiqdi
07:00 05.07.2023 (yangilandi: 13:37 06.07.2023) Poyezddagi yukning umumiy og‘irligi 1000 tonnadan oshadi. Safar vaqti taxminan 12 kunni tashkil etadi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Xitoydan O‘zbekistonga yangi multimodal yo‘nalish bo‘yicha konteyner poyezdi jo‘natildi, deya xabar berdi
"O‘zbekiston temir yo‘llari”. Kecha “Langfan – Qashqar – Irkeshtam – O‘sh – Toshkent” yangi multimodal yo‘nalishida konteynerli blok-poyezdini jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Langfandan (Xitoy) harakatlanuvchi birinchi poyezd safarga chiqdi. Uning tarkibida qurilish materiallari bo‘lgan 41 ta vagon bor.
Butun yo‘lning masofasi taxminan 6000 kilometrni tashkil etadi va yukning umumiy og‘irligi 1000 tonnadan oshadi. Safar vaqti taxminan 12 kunni tashkil etadi.
“Hozirgi vaqtda ushbu yo‘nalish (quruqlikdagi) Xitoydan O‘zbekistonga yuklarni yetkazib berish uchun eng qisqa va eng tezkor yo‘nalish hisoblanadi”, - deyiladi xabarda.
Yangi multimodal yo‘lak bo‘ylab tashish jarayoni jo‘nash punktidan temir yo‘l orqali Qashqar (Xitoy) temir yo‘l stansiyasigacha amalga oshiriladi.
Keyin esa yuklar avtotransportga ortilib O‘sh (Qirg‘iziston) temir yo‘l stansiyasiga yetkaziladi. O‘sh stansiyasidan esa Toshkentgacha yuklar temir yo‘l orqali yuk poyezdi tarkibida yetkaziladi.