Tarixdagi eng yirik tank jangi: 80-yil avval Kursk jangi boshlangan edi - video

Obuna bo‘lish
Kursk jangi Ulug‘ Vatan urushidagi tub o‘zgarishlarni butkul mustahkamlagan
1943 yil 5-iyul kuni Kursk jangi boshlangan edi. Uning maqsad fashistlarning "Sitadel" hujum operatsiyasini barbod qilish va "Markaz" va "Janub" armiya guruhlarini tor-mor etish edi.
12 iyul kuni tarixdagi eng yirik tank jangi Proxorovka qishlog‘i yaqinida bo‘lib o‘tgan. Har ikki tomondan bir vaqtning o‘zida 1200 tagacha tank va o‘ziyurar artilleriya moslamasi qatnashgan. Yuzma-yuz to‘qnashuvda T-34 sovet tanklari "Yo‘lbars", "Pantera" va "Ferdinand"larga qarshi jang qilgan.
Proxorovka yaqinida nemislar tanklarining 75 foizini yo‘qotgan. Kursk jangi Ulug‘ Vatan urushidagi tub o‘zgarishlarni butkul mustahkamlagan. Jang 50 kundan keyin 1943-yil 23-avgust kuni Xarkovning ozod etilishi bilan yakunlangan.
Yangiliklar lentasi
0