TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. “Haj – 2023” mavsumini yakunlagan ziyoratchilarning dastlabki guruhi kutib olindi, deya xabar berdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqqan dastlabki guruh hojilar Toshkent shahrining 1, 2, 3, 4-guruhlari yetib kelishdi.Hojilarni prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari kutib olishdi.Hojilar maxsus avtobuslarda yaqinlari kutib turgan manzil — "Novza" masjidiga yetkazildi.Eslatib o‘tamiz, 4-22 iyul kunlari Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus sari parvoz qilib, qaytib kelishadi.
Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqqan dastlabki guruh hojilar Toshkentda kutib olindi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. “Haj – 2023” mavsumini yakunlagan ziyoratchilarning dastlabki guruhi kutib olindi, deya xabar berdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.
Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqqan dastlabki guruh hojilar Toshkent shahrining 1, 2, 3, 4-guruhlari yetib kelishdi.
Hojilarni prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari kutib olishdi.
Hojilar maxsus avtobuslarda yaqinlari kutib turgan manzil — "Novza" masjidiga yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 4-22 iyul kunlari Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus sari parvoz qilib, qaytib kelishadi.