BMT “Tolibon”dan* go‘zallik salonlarini yopish haqidagi qarorini bekor qilishga chaqirdi

© AFP 2023 / Wakil KohsarKobuldagi ayollar go‘zallik saloni, arxiv surat
Kobuldagi ayollar go‘zallik saloni, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2023
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* harakati rahbariyati bir oy ichida Afg‘onistondagi barcha ayollar go‘zallik salonlarini yopishni buyurgan.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi (UNAMA) Afg‘onistonda hukumatni egallab olgan “Tolibon”* harakatidan go‘zallik salonlarini yopish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Tegishli bayonot missiyaning Twitterʼdagi sahifasida e’lon qilingan.
“UNAMA amaldagi hukumatni (Afg‘onistonning – tahr.) go‘zallik salonlarini yopish haqidagi qarorini bekor qilishga chaqiradi. Bu ayollar huquqlarining yangi cheklanishi iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ma’lum qilingan ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bayonotiga ziddir”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Afg‘oniston mahalliy nashrlari “Tolibon”* harakati rahbariyati bir oy ichida Afg‘onistondagi barcha ayollar go‘zallik salonlarini yopishni buyurganini xabar qilgan edi.
* harakat terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
Yangiliklar lentasi
0