https://oz.sputniknews.uz/20230705/axsikent-shahri-36562970.html
Namanganda qadimiy Axsikent shahri qayta tiklanadi
Namanganda qadimiy Axsikent shahri qayta tiklanadi
Sputnik O‘zbekiston
Axsikent eramizdan avvalgi III asrda tashkil topgan bo‘lib, qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti, Buyuk ipak yo‘lining asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan. Qadimdan bu yerda yer osti suv inshooti bo‘lgan. Qolaversa, shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari yaxshi rivojlangan.
2023-07-05T12:57+0500
2023-07-05T12:57+0500
2023-07-05T12:57+0500
madaniyat
o‘zbekiston
namangan viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1d/35479768_0:118:1280:838_1920x0_80_0_0_ce0039c7d1ac2af9c5186698986bf51b.jpg
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi "Axsikent" arxeologik yodgorlik majmuasi vodiyning yirik turizm markaziga aylantiriladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.Tarixiy majmuani turizm markaziga aylantirish loyihasining birinchi bosqichida ochib qo‘yilgan to‘rtta obyektda ochiq osmon ostidagi muzeylar qurilishi boshlandi.Keyingi bosqichda esa sayyohlar uchun infratuzilma obyektlari - katta istirohatgoh, hunarmandlar markazi va karvonsaroy hamda boshqa inshootlarni barpo etish maqsad qilingan.Ma’lumot uchun, Axsikent eramizdan avvalgi III asrda tashkil topgan bo‘lib, qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti, Buyuk ipak yo‘lining asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan. Qadimdan bu yerda yer osti suv inshooti bo‘lgan. Qolaversa, shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari yaxshi rivojlangan.Bugungi kunda Axsikentning 100 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan bo‘lib, u Farg‘ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. Arxeologlar tomonidan temirchilar ustaxonasi, X – XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jome masjidi, mudofaa devorlari, yer osti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib o‘rganilgan.2017 yilda Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash va tadqiq etish, uni o‘rganish bo‘yicha ulkan ishlar boshlangan.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Axsikent yodgorligida qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar aniqlangan edi. Aytilishicha, qoraxoniylar davriga tegishli suratlar arxitektura inshootlari devorlarini bezab turgan.Shuningdek, shu yilning fevral oyida Axsikent yodgorligida davom etayotgan tadqiqot ishlari davomida noyob tangalar, qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topilgan.
o‘zbekiston
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1d/35479768_116:117:1150:893_1920x0_80_0_0_d41adbccc4cc5ddecabe6d8f645ef41b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston namangan viloyati axsikent shahri
o‘zbekiston namangan viloyati axsikent shahri
Namanganda qadimiy Axsikent shahri qayta tiklanadi
Tarixiy majmuani turizm markaziga aylantirish loyihasining birinchi bosqichida ochib qo‘yilgan to‘rtta obyektda ochiq osmon ostidagi muzeylar qurilishi boshlandi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi "Axsikent" arxeologik yodgorlik majmuasi vodiyning yirik turizm markaziga aylantiriladi. Bu haqda
Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Tarixiy majmuani turizm markaziga aylantirish loyihasining birinchi bosqichida ochib qo‘yilgan to‘rtta obyektda ochiq osmon ostidagi muzeylar qurilishi boshlandi.
Keyingi bosqichda esa sayyohlar uchun infratuzilma obyektlari - katta istirohatgoh, hunarmandlar markazi va karvonsaroy hamda boshqa inshootlarni barpo etish maqsad qilingan.
“Rejaga ko‘ra, qadimgi Axsikent va Axsi qishlog‘ini daryo yoqalab bog‘lab, yaxlit yirik sayyohlik majmuasini barpo etiladi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Axsikent eramizdan avvalgi III asrda tashkil topgan bo‘lib, qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti, Buyuk ipak yo‘lining asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan. Qadimdan bu yerda yer osti suv inshooti bo‘lgan. Qolaversa, shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari yaxshi rivojlangan.
Bugungi kunda Axsikentning 100 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan bo‘lib, u Farg‘ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. Arxeologlar tomonidan temirchilar ustaxonasi, X – XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jome masjidi, mudofaa devorlari, yer osti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib o‘rganilgan.
2017 yilda Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash va tadqiq etish, uni o‘rganish bo‘yicha ulkan ishlar boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Axsikent yodgorligida qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar aniqlangan edi. Aytilishicha, qoraxoniylar davriga tegishli suratlar arxitektura inshootlari devorlarini
bezab turgan.Shuningdek, shu yilning fevral oyida Axsikent yodgorligida davom etayotgan tadqiqot ishlari davomida noyob tangalar, qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar va ming yillik Damashq
qilichlari topilgan.