Yangi o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlandi

© SputnikTest sinovlari, arxiv surat
Test sinovlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
Obuna bo‘lish
Bakalavriat va magistraturaning davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan bakalavriat va magistraturaning davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.
Parametrlarning ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:
bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha jami 127 259 ta o‘rin tasdiqlandi. Shundan 34 930 tasi davlat granti, 92 329 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha jami 49 078 ta o‘rin. Shundan 42 577 tasi o‘zbek tili, 6501 ta rus tilida.
kechki ta’lim shakli bo‘yicha jami 11 125 ta o‘rin. Shundan 9455 tasi o‘zbek tili, 1670 tasi rus tilida.
masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha jami 2 825 ta o‘rin. Shundan 1995 tasi o‘zbek tili, 830 tasi rus tilida.
Magistratura bo‘yicha jami 17 128 ta o‘rin. Shundan 8938 tasi davlat granti, 8190 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
Shuningdek, komissiya sog‘liqni saqlash, pedagogika, veterinariya va ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimotini tasdiqladi.
Qolaversa, xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 111;
Andijon viloyati — 183;
Buxoro viloyati — 112;
Jizzax viloyati — 81;
Qashqadaryo viloyati — 193;
Navoiy viloyati — 60;
Namangan viloyati — 165;
Samarqand viloyati — 227;
Surxondaryo viloyati — 155;
Sirdaryo viloyati — 50;
Toshkent viloyati — 177;
Farg‘ona viloyati — 221;
Xorazm viloyati — 110;
Toshkent shahri — 155.
Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar tavsiyanomaga binoan o‘qishga qabul qilinadi. Ular uchun 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi kvota ajratilgan. Xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun 1000 ta o‘rin ajratilgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizli qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1 foizli qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti, Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 foizli qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti ham tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalariga (OTM) kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0