Toshkentda temuriylar davriga oid noyob topilmalar namoyish etilmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishTemuriylar tarixi davlat muzeyi
Temuriylar tarixi davlat muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi renessans asosi” madaniy tadbirlar haftaligi boshlandi. Unda Shahrisabz, Samarqand, Buxoro hamda Farg‘ona viloyatlaridagi muzeylarda saqlanayotgan temuriylarga oid noyob topilmalar taqdim etilmoqda.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Ayni kunlarda Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi renessans asosi” madaniy tadbirlar haftaligi o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Haftalik doirasida Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Temuriylar davri durdonalari” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
© press-slujba xakimiyata Tashkenta“O‘zbekiston madaniy merosi – yangi renessans asosi” madaniy tadbirlar haftaligi
V Tashkente proxodit nedelya kulturnogo naslediya Kulturnoe nasledie Uzbekistana — osnova novogo Renessansa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
“O‘zbekiston madaniy merosi – yangi renessans asosi” madaniy tadbirlar haftaligi
Unda muzey fondidagi nodir ashyolar qatori Shahrisabz, Samarqand, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonalari, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining fondidagi temuriylarga oid noyob topilmalar namoyish etilmoqda.
© Press-slujba xokimiyata Tashkenta“O‘zbekiston madaniy merosi – yangi renessans asosi” madaniy tadbirlar haftaligi
V Tashkente proxodit nedelya kulturnogo naslediya Kulturnoe nasledie Uzbekistana — osnova novogo Renessansa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
“O‘zbekiston madaniy merosi – yangi renessans asosi” madaniy tadbirlar haftaligi
Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Turkiston avangardi: makon va vaqt oralig‘ida” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda ham I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat san’at muzeyi hamda O‘zbekiston davlat san’at muzeyi fondidagi nodir asarlar jamlanmasi bilan tanishish mumkin.
Haftalik 7-iyulga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0