Toshkentdagi ShHT MATTda Eron bayrog‘i ko‘tarildi – video

© Sputnik/Zafar XalilovPodnyatie flaga Islamskoy Respubliki Iran v IK RATS ShOS.
Podnyatie flaga Islamskoy Respubliki Iran v IK RATS ShOS. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
Obuna bo‘lish
4 iyul kuni Eron ShHTning to‘laqonli a’zosiga aylandi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) ijroiya qo‘mitasining Toshkentdagi qarorgohida tashkilotning yangi a’zosi – Eron Islom Respublikasining bayrog‘ini ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Tantanali marosimda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va davlat xavfsizlik xizmati vakillari, tashkilotga a’zo, kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar elchilari, ShHT MATT huzuridagi doimiy vakillar, OAV vakillari ishtirok etishdi.
“Biz hozirgina ShHTga a’zo davlatlar yetakchilari tomonidan Islom Eron Respublikasining tashkilotning to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilish haqida tarixiy qaror qabul qilishganining guvohi bo‘ldik. Endi ShHTning zangori va moviy bayrog‘i atrofida “Shanxay ruhi” bilan birlashgan to‘qqizta davlat bayrog‘i hilpirab turadi. ShHTga a’zo mamlakatlarni birlashish va o‘zaro ishonch ezgu an’anasini davom ettirish va rivojlantirish, birgalikda tashkilotning xalqaro va mintaqaviy ishlardagi rolini mustahkamlashga chaqiraman”, - dedi marosim chog‘ida ShHT MATT ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov o‘z nutqida ShHTning yangi a’zosi bayrog‘ini ko‘tarish barchaga tashkilot mamlakatlari g‘ayrat bilan uning taraqqiyotining yangi bosqichi sari borayotganini ko‘rsatishga qaratilganini ta’kidladi.
“Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi xartiya va shartnomaga amal qilib, ShHT mamlakatlari o‘zaro ishonch, tenglik, tamaddun va madaniyatlarning xilma-xilligini hurmat qilish hamda birgalikda rivojlantirish tamoyiliga asoslangan “Shanxay ruhi”ga bevosita rioya qilib kelishmoqda”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, bugun Hindiston raisligida ShHT davlat rahbarlari kengashining yigirma uchinchi sammiti onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida Eronni ShHT a’zoligiga qabul qilish tartibotini yakunlash va unga ShHTga a’zo davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo. Eron bilan doimiy a’zolar soni 9 taga yetdi.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
Yangiliklar lentasi
0