Moskva yaqinida 5 ta dron urib tushirildi

© Sputnik / Aleksey SuxorukovPolitsiya mashinasi
Politsiya mashinasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
Obuna bo‘lish
Yangi Moskva, Valuyevo qishlog‘i yaqinida ikkita dron urib tushirildi-favqulodda xizmatlar.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Yangi Moskvadagi Valuyevo qishlog‘i yaqinida ikkita dron urib tushirildi, bu haqda RIA Novostiga favqulodda xizmatlari xabar berdi.

"Yangi Moskvadagi Valuyevo aholi punkti yaqinida ikkita pilotsiz uchar apparti urib tushirildi, ular ochiq dalaga qulab tushdi", — dedi manba.

Yana bitta dron Kubinka tumani va Kaluga viloyatida urib tushirildi.
Qurbonlar va vayronalar yo‘q, dedi u.
Bu xabarlardan so‘ng Vnukovoga uchib kelgan 5 ta samolyot boshqa poytaxt aeroportlariga yo‘naltirildi.
Birozdan so‘ng havo hujumidan mudofaa tizimi Yangi Moskvada yana ikkita dronni urib tushirilgani haqida xabar berildi, hech kim jabrlanmagan.
“Yana ikkita pilotsiz uchar apparat Krivosheyevo qishlog‘i yaqinidagi Yangi Moskvada havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirildi, qurbonlar yo‘q”, — dedi manba.
Shunday qilib, seshanba kuni ertalab jami 5 ta dron urib tushirildi.
Yangiliklar lentasi
0