Eron ShHTning to‘laqonli a’zosi bo‘ldi

© AP Photo / Vahid SalemiNatsionalniy flag Irana v Tegerane 31-marta 2020 goda.
Natsionalniy flag Irana v Tegerane 31-marta 2020 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
Obuna bo‘lish
Eron — bugungi zamonda o‘z qadriyatlariga sodiqligini yo‘qotmagan, boy tarix va madaniyatga ega bo‘lgan iqtisodiy qudratli hamkordir.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Eron Shanxay hamkorlik tashkilotining to‘laqonli a’zosiga aylandi. Bu haqida ShHTning bugun Hindistonda imzolangan Nyu-Dehli deklaratsiyasida qayd etilgan.
“A’zo davlatlar Eron Islom Respublikasining ShHTga to‘laqonli a’zo davlat sifatida qabul qilinishining tarixiy ahamiyatini ta’kidladilar”, — deyiladi hujjatda.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy ShHT davlat rahbarlari kengashida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganidek, to‘laqonli a’zolik xavfsizlik, iqtisodiy rivojlanish va suverenitet uchun sharoitlarni yaxshilaydi.
Ekspertlarning fikricha, Eronning ShHTga a’zo bo‘lishi tashkilot ishtirokchilari o‘rtasidagi savdo-sotiq rivojlanishiga yangi turtki beradi. Eron strategik muhim ittifoqchi sifatida Kavkaz va Markaziy Osiyoning xavfsizligini kuchaytirishga yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, Afg‘onistondagi vaziyatni izga solishda muhim rol o‘ynashi mumkin va bu tashkilot maqsadlaridan biriga javob beradi.
2022 yil 15-sentabr kuni Eron tomoni Samarqandda ShHTga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi, 27-noyabrda esa milliy parlament Eronning tashkilotga kirishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandum qonun loyihasi 2023-yil 25-yanvarda qabul qilindi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo. Eron bilan doimiy a’zolar soni 9 taga yetdi.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Misr va Qatarga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Bahrayn, Maldiv orollari, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanma ham muloqot bo‘yicha hamkor maqomini oladi.
Yangiliklar lentasi
0