Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina QK Lugansk yo‘nalishida 3 mingga yaqin askarini yo‘qotdi

© AP Photo / LibkosUkraina QK, arxiv surat
Ukraina QK, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2023
Obuna bo‘lish
Marochko: o‘tgan haftada Ukraina Qurolli Kuchlari Lugansk yo‘nalishida uch mingga yaqin askarini yo‘qotdi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Ukraina o‘tgan haftada Lugansk yo‘nalishida 3 mingga yaqin askarini yo‘qotdi, dedi harbiy ekspert, LXR iste’fodagi podpolkovnik Andrey Marochko RIA Novostiga.

"O‘tgan hafta davomida Rossiya Qurolli kuchlari Lugansk taktik yo‘nalishida dushmanning 50 dan ortiq hujumini qaytardi. Uch mingga yaqin ukrainalik jangari va yollanma jangari yo‘q qilindi", — dedi Marochko.

Bundan tashqari, 14 ta qo‘poruvchi-razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi, deb qo‘shimcha qildi suhbatdosh.
Unga ko‘ra, Rossiya kuchlari, shuningdek, 75 taga yaqin mashina texnikasi, 45 ta turli zirhli texnika, 10 ta tank, shu jumladan, xorijda ishlab chiqarilgan tanklar, 40 ta turli o‘ziyurar artilleriya tizimini yo‘q qilgan.
Yangiliklar lentasi
0