https://oz.sputniknews.uz/20230703/qozogiston-ostona-toshkent-parvozlar-36492120.html
Qozog‘iston aviakompaniyasi Ostonadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
Qozog‘iston aviakompaniyasi Ostonadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Ostona — Toshkent — Ostona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
2023-07-03T14:20+0500
2023-07-03T14:20+0500
2023-07-03T14:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
aviaparvozlar
aviareyslar qatnovi
toshkent
ostona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/03/36493738_0:106:1750:1090_1920x0_80_0_0_b13060fe591568eaf2332d12249b849f.jpg
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Qozog‘istonning "FlyArystan" loukoster aviakompaniyasi Ostona va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.Bugun, 3-iyul kuni, mahalliy vaqt bilan soat 01:55 da bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Aeroportda yangi yo‘nalish ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.Shuningdek, aviakompaniya yaqin kelajakda parvozlar xaritasini Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘laydigan yangi yo‘nalishlar bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda."FlyArystan" Qozog‘istonning loukoster aviatashuvchisi bo‘lib, shtab-kvartirasi Olmaotada joylashgan. Kompaniya Qozog‘istondagi eng yirik "Air Astana" aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/03/36493738_86:43:1532:1127_1920x0_80_0_0_949a7df0fc96d4ae07da2b8cdf084ddd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston ostona toshkent parvozlar
qozog‘iston ostona toshkent parvozlar
Qozog‘iston aviakompaniyasi Ostonadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
Ostona — Toshkent — Ostona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Qozog‘istonning "FlyArystan" loukoster aviakompaniyasi Ostona va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati
xabar berdi. Bugun, 3-iyul kuni, mahalliy vaqt bilan soat 01:55 da bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Aeroportda yangi yo‘nalish ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ostona — Toshkent — Ostona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — dushanba va chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, aviakompaniya yaqin kelajakda parvozlar xaritasini Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘laydigan yangi yo‘nalishlar bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
"FlyArystan" Qozog‘istonning loukoster aviatashuvchisi bo‘lib, shtab-kvartirasi Olmaotada joylashgan. Kompaniya Qozog‘istondagi eng yirik "Air Astana" aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.