Qodirov o‘zining og‘ir kasalligi haqidagi mish-mishlar yuzasidan izoh berdi

© © RIA NovostiRamzan Qodirov
Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2023
Obuna bo‘lish
Ramzan Qodirov o‘zining og‘ir kasalligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining kasalligi va Adam Delimxanovning g‘oyib bo‘lgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"It hurar, karvon o‘tar. Itlar hozir hurishmoqda, bu holatda endi gapirish kerak... Biz yashayapmiz, asta-sekin, non yemoqdamiz. Hayot qiziq, umuman olganda hayot qisqa bo‘lsa qiziq. Shuning uchun biz nima bo‘lganda ham uzoq yashashni istamaymiz. Qisqa, lekin munosib hayot kechiramiz", — dedi Checheniston rahbari.

Videoda Qodirov va Delimxanovning oshxonada choy ichib o‘tirishgani aks etgan.
© © RIA NovostiObrashenie Kadirova v sossetax
Obrashenie Kadirova v sossetax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2023
Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Checheniston rahbari og‘ir kasal bo‘lib qolgani, Delimxanov esa g‘oyib bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Bundan tashqari, iyun oyi o‘rtalarida Ukraina ommaviy axborot vositalarida deputatning o‘limi haqida ma’lumot tarqagan edi. Keyinroq Qodirov bu xabarlarni inkor etib, Delimxonov bilan birga tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi.
* Meta(Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari) faoliyati Rossiyada ekstremistik sifatida tan olinib taqiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0