Og‘ir atletika va sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari Gruziyaga yo‘l oldi

© NOK UzbekistanaSbornie po tajeloy atletike i sportivnoy gimnastike otpravilis na sbori v Gruziyu.
Sbornie po tajeloy atletike i sportivnoy gimnastike otpravilis na sbori v Gruziyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2023
Obuna bo‘lish
Murabbiy Bahrom Mendiboyev qo‘l ostidagi og‘ir atletikachilar 11-avgustga qadar Bakuriani shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishadi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Kecha, 2-iyul kuni og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari, shuningdek, sport gimnastikasi bo‘yicha erkaklar terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun Gruziyaga yo‘l oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Murabbiy Bahrom Mendiboyev qo‘l ostidagi og‘ir atletikachilar 11-avgustga qadar Bakuriani shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishadi. Tarkibga Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev, Doston Yoqubov, Adhamjon Ergashev, Tursunoy Jabborova kabi 15 nafar sportchi jalb qilingan.
Sport gimnastikasi bo‘yicha erkaklar terma jamoasi esa Tbilisi shahrida mashg‘ulot olib boradi. Mazkur yig‘in 23-iyulga qadar davom etib, murabbiylar shtabi unga Rasuljon Abdurahimov, O‘tkirbek Jo‘rayev, Habibullo Ergashev kabi 10 nafar sportchini jalb qilgan.
Qayd etilishicha, og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati va Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari orasidagi farq 10 kunni tashkil etadi. Sport gimnastikasi bo‘yicha dunyo birinchiligi qit’a Olimpiadasi bilan bir vaqtda bo‘lib, musobaqalar orasidagi farq atigi 1 kun. Shu bois, mazkur yig‘in har ikki sport turi uchun muhim hisoblanadi, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0