Toshkentning qator ko‘chalarida elektr energiyasi o‘chiriladi — kun, vaqt va manzillar

© Hududiy elektrtarmoqlari Toshkent shahar filialiElektr tarmoqlari
Elektr tarmoqlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2023
Obuna bo‘lish
Olmazor, Yunusobod hamda Toshkent tumanining ba’zi hududlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Ertaga Toshkentning Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida hamda Toshkent tumanining ba’zi hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" xabar berdi.
Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida hamda Toshkent tumanining ba’zi hududlarida elektr energiyasi 2-iyul kuni soat 00:00 dan 07:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
Manzillar:
Olmazor tumanining "Ibrohim ota", "Chuqursoy", "Ahil" va "Moyariq" MFYlaridagi aholi xonadonlari hamda Jome mavzesining tadbirkorlik subyektlari;
Yunusobod tumanining "Hasanboy", "Katta Hasanboy", "Sharq haqiqati", "Turkiston", "Yo‘lariq", "Akbarobod", "Tiklanish", "Astrobod", "Hamkorobod", "Islomobod", "Sobirobod", "Nurmakon" va "Mingchinor" MFYlarining ayrim ko‘chalari hamda Issiqlik markazi;
Toshkent tumanining "Sanoat", "Ayriota", "G‘ishtko’prik", "Ibrat", "Sabzavot", "Tutzor", "Iqbol", "Darxon", "Parvoz", "Guliston", "Bog‘bon", "Oydin hayot", "Quruvchi", "Qashqarlik", "Mustaqillik", "Sergali", "Sarke", "Avliyoota", "Hasanboy", "Yuqori Hasanboy", "Rahbarobod", "Bahor", "Kengsoy", "Ko’kterak", "Navoiy", "Chuvalachi", "Masalboy", "Guliston" "Keles" MFYlarining ayrim mahallalari.
Qayd etilishicha, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0