Titanik kemasida yozilgan so‘nggi maktub 12 ming dollarga sotildi

© AFP 2023 / -Titanik, arxivnoe foto
Titanik, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2023
Obuna bo‘lish
Titanikdagi urugvaylik yo‘lovchining bir asr oldin yozgan maktubi 12 ming dollarga sotildi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Titanikning urugvaylik yo‘lovchisi yozgan so‘nggi maktub Montevideodagi kim oshdi savdosida 12 ming dollarga sotildi. Bu haqda RIA Novosti Zorrilla auksion uyi vakiliga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1912-yilda so‘nggi maktub Titanikning urugvaylik yo‘lovchisi Ramon Artagaveytiya Gomes tomonidan layner cho‘kib ketishidan bir necha kun oldin oilasiga yuborgan.
“(Maktub) autsionda 12 ming dollarga sotildi”, — dedi auksion uyi vakili.
Uch varaqdan iborat qo‘lda yozilgan maktub urugvaylikning 1909-yilda olingan fotosurati bilan birga kimoshdi savdosiga qo‘yilgan.
Maktub 12-aprel kuni laynerning Atlantika okeani suvlariga kirishidan oldingi oxirgi bekati Irlandiyadan yuborilgan.
Dunyodagi eng katta yo‘lovchi kemasi hisoblangan Britaniyaning “Titanik” kemasi 1912-yil 14-aprelda Sautgemptondan Nyu-York ilk safari chog‘ida aysberg bilan to‘qnashib ketgan va oradan 2 soat 40 daqiqa o‘tib cho‘kib ketgan. Natijada 1,5 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. Titanikning qoldiqlari 1985-yil sentabr oyida Kanadaning Nyufaundlend oroli qirg‘oqlaridan 350 dengiz milyasida taxminan to‘rt kilometr chuqurlikda topilgan.
Yangiliklar lentasi
0