https://oz.sputniknews.uz/20230701/saylov-byulleten-suratga-olish-36462777.html
Ovoz berish kuni saylov bulletenini suratga olish mumkinmi?
Ovoz berish kuni saylov bulletenini suratga olish mumkinmi?
Sputnik O‘zbekiston
Saylov uchastkasida foto va video tasvirga olish jarayoni ovoz berishning yashirinligini buzmasligi kerak.
2023-07-01T18:31+0500
2023-07-01T18:31+0500
2023-07-01T18:31+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekistonda prezident saylovi
saylov uchastkasi
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1e/36439820_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_b0700ec7dad967b88756ce8aa1c82ad6.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Prezident saylovida bulletenni to‘ldirilgan holatda yoki uni to‘ldirish jarayonini suratga olish taqiqlanadi.Ovoz berish jarayonida saylov bulletenni foto va videoga olish, olingan tasvirlarni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish mumkin emas.Agar saylov uchastkasida bo‘lib turgan OAV vakillari foto yoki video tasvirga olmoqchi bo‘lsa, u holda uchastka saylov komissiyasi a’zolarini, saylovchilarni va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilarini xabardor qilishi lozim.Foto va video tasvirga olish saylov jarayoni ishtirokchilarining konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmagan holda amalga oshirilishi kerak. Qolaversa, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalari, saylov natijalari prognozlari, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish ham taqiqlanadi.O‘zbekiston prezidenti saylovi bulleteni ko‘rinishi qanday - fotoEslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1e/36439820_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_9294fa61c2ae76ea12dee8ef9e1cd10e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezident saylovi suratga olish saylov uchastkasi bulleten
o‘zbekiston prezident saylovi suratga olish saylov uchastkasi bulleten
Ovoz berish kuni saylov bulletenini suratga olish mumkinmi?
Saylov uchastkasida foto va video tasvirga olish jarayoni ovoz berishning yashirinligini buzmasligi kerak.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Prezident saylovida bulletenni to‘ldirilgan holatda yoki uni to‘ldirish jarayonini suratga olish taqiqlanadi.
Ovoz berish jarayonida saylov bulletenni foto va videoga olish, olingan tasvirlarni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish mumkin emas.
Foto va video tasvirga olish jarayoni ovoz berishning yashirinligini buzmasligi va ovoz beruvchilar xohish-irodasini nazorat qilish imkonini bermasligi shart.
Agar saylov uchastkasida bo‘lib turgan OAV vakillari foto yoki video tasvirga olmoqchi bo‘lsa, u holda uchastka saylov komissiyasi a’zolarini, saylovchilarni va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilarini xabardor qilishi lozim.
Foto va video tasvirga olish saylov jarayoni ishtirokchilarining konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmagan holda amalga oshirilishi kerak.
OAV vakili ovoz berish sirini oshkor qilsa yoxud fuqarolarning xohish-irodasiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qilsa, u ovoz berish binosidan darhol chiqarib yuboriladi. Bu haqda uchastka saylov komissiyasi qaror qabul qiladi.
Qolaversa, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalari, saylov natijalari prognozlari, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish ham taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga
belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari
bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi
tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan
Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan
Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan
Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari
Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan
boshlangan.