Rossiyaning ikkita shahrida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi

© IA "Dunyo"Uralda prezident saylovi bo‘yicha muddatdan oldin ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi
Uralda prezident saylovi bo‘yicha muddatdan oldin ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2023
Obuna bo‘lish
Ural federal okrugi hududida prezident saylovi bo‘yicha muddatdan oldin ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Ural federal okrugi shaharlarida O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘yicha muddatdan oldin ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasiga tayanib xabar berdi.
Prezident saylovida xorijdagi o‘zbekistonliklar qayerda ovoz berishlari mumkin — manzillar
Uralning deyarli barcha yirik shaharlarida, shuningdek, neft-gaz qazib olinadigan kichik shahar va tumanlarida mehnat qilayotgan fuqarolar uchun muddatidan oldin ovoz berish ko‘chma punkti tashkil etildi.
Xususan, Rossiyaning eng shimoliy shaharlari – Xanti-Mansiyk va Nijnevartovskdagi “Yermakovskoe predpriyatie po remontu skvajin” HJ va “Samootlorskoe mestorojdenie” HJ shirkatlarida ham muddatdan oldin ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida ham o‘tkazilishi mumkin. Bunda uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi to‘g‘risida ma’lum qiladi.
Xorijdagi o‘zbekistonliklar prezident saylovida qanday va qayerda ovoz beradi — qo‘llanma
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuzilgan.
Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0